O‘zbekiston U-17 termasi Rivojlanish kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

24-fevral 2026 11:35 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: O‘FA

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Rivojlanish kubogi musobaqasining uchinchi o‘rni uchun kechgan bahsda Qozog‘istonni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Uchrashuvning 24 va 42-daqiqalarida qozog‘istonliklar ikkita gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq 54-daqiqada raqib jamoa a’zosi tomonidan o‘z darvozasiga kiritilgan avtogol o‘yindagi farqni qisqartirdi.

O‘yinning so‘nggi pallasida bosh murabbiy Sergey Chigodayev shogirdlari qisqa vaqt ichida ikkita gol urishga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Sadirjonov 79-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 81-daqiqada Mironshoh Eshpo‘latov jamoasiga g‘alaba keltiruvchi to‘pni kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek