Yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi

24-fevral 2026 13:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Gentra 2026 O‘zbekistonda ishlab chiqariladimi
Foto: You Tube / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Gentra 2026 avtomobiliga oid tasvirlar tarqaldi. Kursiv Uzbekistan «O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatida so‘rov yubordi.

«Lacetti (Gentra) rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarish 2024-yilda to‘xtatilgan bo‘lib, mazkur modelni qayta ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan», – deya ta’kidladi kompaniya Kursiv Uzbekistan so‘roviga javoban.

Foto: You Tube
Foto: You Tube

GM Global tomonidan ham yangi modelning ommaviy ishlab chiqarilishiga oid hech qanday axborot berilmagan.

Model haqida qisqacha

Lacetti kuzovi Italiyaning mashhur Pininfarina dizayn atelyesi tomonidan ishlab chiqilgan. Silliq chiziqlar, ifodali old faralar va mutanosib shakl avtomobilga jozibador ko‘rinish beradi.

Bodomqovoq shaklidagi old optika va uzun yon silueti modelni nafis ko‘rsatadi. To‘rt eshikli sedan sifatida u oilaviy foydalanish uchun ham qulay.

Foto: Chevrolet

Ichki makon soddalik va hashamat uyg‘unligida yaratilgan. Bir xil rang tuslaridagi sifatli bezak materiallari salonni yanada keng ko‘rsatadi.

Old panel oqilona joylashtirilgan boshqaruv elementlari bilan ajralib turadi. Teri qoplangan rul, yoritiladigan ichki bo‘lim, konditsioner va o‘ziga xos dizayndagi spidometr avtomobil jihozlanishining muhim qismi hisoblanadi.

Foto: Chevrolet

Lacetti salonida besh kishi bemalol joylashadi. Orqa o‘rindiqlarda ham oyoq uchun yetarli joy mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Matiz 2026 o‘zbekistonda ishlab chiqarilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek