
23-fevral kuni efirga uzatilgan «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 51-qismi yana keskin voqealarga boy bo‘ldi.
Unda Jihan Ejmel va Boranni zaiflashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soldi. U raqiblarini ichidan yemirishga harakat qiladi va ochiq kurash boshlanadi. Ikki aka-uka o‘rtasidagi nafrat esa ortga qaytmaydigan darajaga yetadi.
Vaziyatni kuzatib turgan Sadakat ham sukut saqlamaydi. U muhim qaror qabul qilib, Boranga qarshi keskin choralar ko‘radi. Bu qadam voqealar rivojida yangi bosqichni boshlab beradi va oiladagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiradi.
Mazkur qism namoyish etilishi bilan birga 52-qism tizeri ham e’lon qilindi. Unda Alya o‘rmanda yugurib ketayotib yiqilib, boshini toshga uradi.
Shuningdek, yangi sahnada Denizni Boran qaytib olishi mumkin. Bu jarayonda u Alyani ham olib qochishga urinadi ammo qo‘ldan chiqaradi. Jihan esa akasini va Ejmelni zaiflashtirish uchun keskin choralar ko‘radi va Alyani topishga urinadi.
Hayajonli lavhalardan so‘ng tomoshabinlar yangi qismni sabrsizlik bilan kutmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda «Bir hafta qanday kutamiz?», «Boranning sahnadan qachon chiqishini kutyapmiz» degan izohlar ko‘paygan.
«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining navbatdagi 52-qismi 2-mart Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etilishi kutilmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniyada 2026-yilgi BAFTA mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazilib, yilning eng yaxshi filmlari va aktyorlari aniqlangandi.