
Toshkent shahridagi Sergeli mashina bozorida 2024 – 2025-yilgi Kia Sonet’lar ko‘zdan kechirildi. Maqsad – xaridorlarga aynan shu modelni qanday tekshirish, qaysi joylariga e’tibor berish kerakligini amaliy misollar bilan ko‘rsatish bo‘ldi.
Nega aynan Kia Sonet
So‘nggi paytda Kia Sonet shaharda eng ko‘p so‘ralayotgan krossoverlardan biriga aylandi. Ixcham o‘lchami, yoqilg‘i tejamkorligi va zamonaviy ko‘rinishi sabab ko‘pchilik aynan shu modelga o‘tmoqda. Hatto ayrim haydovchilar boshqa modellardan Sonet’ga o‘tayotgani aytilmoqda.
Afzalliklari:
- shaharda boshqarish qulay;
- parkovkaga mos ixcham kuzov;
- saloni keng va zamonaviy;
- yurishi yengil va yoqimli.
Kamchiligi sifatida, asosan, bagaj hajmi tilga olinadi.
Kuzovni tekshirish: eng muhim nuqtalar
Bozorda avtomobil olayotganda birinchi navbatda kuzov va zavod holatiga e’tibor beriladi.
1. Germetika (shov yopishtirish joylari)
Kia Sonet’larda zavod germetikasi:
- sarg‘ish tusda bo‘ladi;
- «Razrez» (aniq kesilgan chiziq) ko‘rinadi;
- yarim mat (polu matoviy) ko‘rinishda bo‘ladi;
- qattiq va bir xil qatlamda yotadi.
Agar germetika uzluksiz (sploshnoy) quyilgan yoki yaltirab tursa, bu eshik yoki detal almashtirilgan bo‘lishi mumkin.
2. Boltlar va biriktirish joylari
Har bir boltga e’tibor berish kerak:
- bo‘yoq izlari tekis turishi lozim;
- bolt qirralari qirilmagan bo‘lishi kerak;
- bo‘yoq chizig‘i joyiga mos tushgan bo‘lishi zarur.
Agar bolt yechilgan bo‘lsa, odatda qirralarda iz qoladi.
3. Lak va shagren
Zavod bo‘yog‘i:
- bir xil shagren (mayda tekstura) bilan chiqadi;
- haddan ortiq yaltirab ketmaydi;
- ranglar orasida keskin farq bo‘lmaydi.
Qora rangli avtomobillarda polirovka tez-tez talab qilinadi, chunki mayda tirnalishlar tez bilinadi.
Motor bo‘limi (otsek) nazorati
Motor atrofida:
- germetika chiziqlari bir xil bo‘lishi;
- lanjeron va payvand nuqtalari o‘zgarmagan bo‘lishi;
- ichki metall ranglari zavod rangida turishi muhim.
Yangi avtomobilda deformatsiya yoki notekislik bo‘lmasligi kerak.
Narxlar qanday
Bozordagi ko‘rilgan variantlar:
- 2025-yil, minimal probeg — $17,5 ming – $18,5 ming atrofida;
- 2024-yil, 18 ming km probeg — $16 ming atrofida.
Narxlar holati va komplektatsiyasiga qarab o‘zgaradi.
Xulosa: Tavsiya qilinadimi
Kuzov va texnik holati toza bo‘lsa, Kia Sonet shahar uchun juda qulay tanlov. Ixchamligi, boshqaruvdagi yengilligi va zamonaviy ko‘rinishi sabab talab yuqori.
Avtomobilni xarid qilishdan oldin, albatta, tekshirtiring – o‘zingiz bilgan ustaga yoki tajribali ekspertga ko‘rsating. Eng muhimi, germetika, boltlar va bo‘yoq qatlamiga e’tibor bering.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Chevrolet Onix 2026 qanday xususiyatlarga ega ekani haqida yozgandi.