Samsung Galaxy S26 flagmanlari qanday yangiliklar bilan taqdim etildi

25-fevral 2026 23:44 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Samsung

Samsung Electronics Galaxy S26 seriyasini e’lon qildi. Yangi avlod uchta modeldan iborat: S26, S26+ va S26 Ultra. Tashqi ko‘rinishda oldingi avloddan farqi deyarli yo‘q, barcha yangilanishlar asosan ichki tizimlarda amalga oshirilgan.

Asosiy texnik xususiyatlar

  • Galaxy S26: 6,3 Dynamic AMOLED 2X, FHD+, 1–120 Hz, Exynos 2600 (10 yadro, 3,8 GHz), 12 GB RAM + 128/256/512 GB saqlash, 4300 mAh batareya.
  • Galaxy S26+: 6,7 Dynamic AMOLED 2X, QHD+, Exynos 2600, 12 GB RAM + 256/512 GB saqlash, 4900 mAh batareya.
  • Galaxy S26 Ultra: 6,9 Dynamic AMOLED 2X, QHD+, Snapdragon 8 Elite Gen 5, 12 GB RAM + 256/512/1024 GB saqlash, 5000 mAh batareya.

S26 Ultra modelida yangi Privacy Display texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, unda «Antishpion» rejimi mavjud – ekran ma’lumotlarini begonalardan yashirish mumkin. Shu bilan birga, xabarlar bildirishnomalari yoki parol kiritish maydonlarini alohida himoya qilish imkoniyati mavjud. Barcha modellarda One UI 8.5 (Android 16) ishlaydi.

Galaxy AI tizimi yanada kengaytirilgan. Endi foydalanuvchilar Google Gemini bilan bir qatorda Perplexity’ni ham asosiy assistent sifatida tanlashi mumkin. Muhimi, Perplexity tizim ilovalari bilan integratsiya qilingan: masalan, safar rejasini tuzib, uni avtomatik ravishda kalendarga joylashtirishi yoki pochta ichidan bron ma’lumotlarini topishi mumkin. Circle to Search funksiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta obyektni aniqlay oladi, SI-foto muharriri esa matnli buyruqlar orqali suratlarni tahrirlash imkonini beradi.

Seriya yagona rang uslubida taqdim etilgan: binafsha, oq, qora va ko‘k. Smartfonlar 2026-yil mart oyidan sotuvga chiqadi.

Shuningdek, Samsung yangi Samsung Galaxy Buds4 va Samsung Galaxy Buds4 Pro quloqchinlarini ham namoyish etdi. Ular yangilangan dizayn, yaxshilangan past chastotali drayverlar va faol shovqinni bostirish tizimi bilan jihozlangan. Pro-versiyada bass yanada kuchaytirilgan va bosh harakati bilan qo‘ng‘iroqqa javob berish funksiyasi qo‘shilgan.

Umuman olganda, Galaxy S26 seriyasi tashqi ko‘rinishda minimal o‘zgarishlar bilan, ammo ichki temir, 2 nm texnologiya va sun’iy intellekt funksiyalari orqali sezilarli yangilanishni taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, bu yilgi Samsung taqdimoti o‘zbek tilida ham translyatsiya qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Plus sotuvga chiqqani haqida yozgandi.

Shuningdek