O‘zbekistonlik qilichbozlar Osiyo chempionatida kumush medalini qo‘lga kiritdi

27-fevral 2026 12:36 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: MOQ

Indoneziyada qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan qit’a chempionatida O‘zbekiston sablyachi qizlar jamoaviy bahslarda kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Sablya bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarning saralash bosqichida O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dastlabki bosqichlarda ular Avstraliya va Qozog‘iston terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Final bosqichida esa o‘zbekistonlik sportchilar Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bellashuvda imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston vakillari musobaqani kumush medal bilan yakunladi. Indoneziyada o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Stranja turnirida o‘zbekistonlik 9 nafar bokschi navbatdagi bosqichga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek