Test-drayv: Audi Q5 sotib olishga arziydimi

2-mart 2026 11:10 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Test-drayv: Audi Q5 sotib olishga arziydimi
Foto: Edmunds

Avtobloger, «Klubniy servis» kanali muallifi Audi Q5 modelining dizel-gibrid tizimi va yurish hissiyotlarini baholadi. Uning aytishicha, mashina Xitoy bozori uchun emas, Janubiy Koreya bozori uchun yig‘ilgan.

Mashina Rossiyada 7,8 mln rubl ($100,7 ming) narxda sotilmoqda. Asosiy urg‘u dizel va gibrid tizimga qaratiladi: 2,0 litrli turbodizelga gibrid texnologiya qo‘shilgan. U avval «yumshoq gibrid» bo‘lgani, endi esa plus versiyada uzatmalar qutisiga elektr motor qo‘shilgani uchun avtomobil qisqa masofada faqat elektrda ham yura olishi ta’kidlangan. Muallif elektrda yurish zaxirasi taxminan 140 km atrofida bo‘lishi mumkinligini ham tilga oladi, bu ko‘proq manevr va shahar rejimida qulay.

Ekran tasviri / YouTube / «Klubniy servis»

Transmissiya sifatida 7 pog‘onali DSG ishlatilgan. Salon bo‘yicha muallif yumshoq teri, sport o‘rindiqlar, ko‘p ekranli zamonaviy panel va B&O audio tizimini alohida qayd etadi.

Test-drayvda avtomobilning yurishi yumshoqligi, shovqin va tebranishlar nazorati, qishda qorli yo‘lda ham ishonchli harakatlanishi alohida ta’kidlanadi. Muallif quattro tizimi eski torsen emas, balki ko‘p diskli mufta orqali orqa o‘qni kerak bo‘lganda ulaydigan zamonaviy yechim ekanini ham tushuntiradi.

Audi Q5 Diesel 2026- Немец, без Китая.

Test-drayv natijalariga ko‘ra, model «xitoycha bezaklar»dan ko‘ra «klassik nemis konstruksiyasi»ni xohlaydiganlar uchun qiziqarli variant. Shu bilan birga, eng asosiy minus sifatida narxning balandligini ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik blogerlar Pavel va Maks yangi videosida Changan CS75 Plus’ni chuqur va nam qor sharoitida sinab ko‘rgandi. Ular avtomobilning to‘liq g‘ildirakdan tortish tizimi qanday ishlashini amalda tekshirdi.

Shuningdek