
Sabr-toqatsiz bugun hatto tezda uddalayman deb o‘ylagan ishlaringizda ham muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Bugun kechikishlar ehtimoli yuqori, ayniqsa, barcha masalalarni tezroq hal qilish kerak bo‘lgan joylarda. Asabiylashmaslikka harakat qiling: o‘zini yo‘qotib qo‘yganlar jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Ammo o‘zini qo‘lga ola bilganlar tezda vaziyatdan chiqish yo‘lini topadi. Quyida burjlar bo‘yicha 3-mart uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Ishga e’tibor qaratib, eng murakkab kasbiy vazifalarni hal qilishdan boshlaganlarni omadli kun kutmoqda. Siz kam narsa bilan qanoatlanishni istamaysiz va aynan shu kayfiyat tufayli haqiqiy yutuqqa erishishingiz mumkin. Ishga kirishganingizdagi energiya atrofdagilarga juda yoqadi. Siz kutmagan odamlar o‘z yordamini taklif qilishi mumkin.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Hech qayerga shoshilish kerak emas, ayniqsa, siz jiddiy ish bilan band bo‘lsangiz yoki nafaqat hayotingizga, balki atrofdagilarning rejalariga ham ta’sir qiladigan qaror qabul qilmoqchi bo‘lsangiz. Bu shunday kunki, barcha muhim savollarga javoblar o‘z vaqtida keladi, ularni ertaroq olishga urinish esa faqat xatolarga va qo‘shimcha qiyinchiliklarga olib keladi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Ko‘p narsa yaxshi bo‘ladi, ko‘pchilik darhol jiddiy yo‘lga tushib, murakkab ishlarga kirishadi. Burj vakillari qanday harakat qilish kerakligini va kimdan yordam so‘rash kerakligini tezda tushunadi, o‘z vaqtida tashabbus ko‘rsatadi va umidsiz loyihalarga vaqt sarflamaydi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Yaxshisi, osongina muvaffaqiyatga erishishga umid qilmang, balki natijalarga erishish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘ring. Va birinchi navbatda, bu nafaqat o‘z ishlarini boshqarishga, balki boshqalarga ham yordam berishga harakat qiladiganlarga tegishli. Bunday burj vakillari nafaqat boshqalarning muammolarini hal qilish, balki ular nima uchun paydo bo‘lganini aniqlash uchun ham ko‘p vaqt sarflashi kerak bo‘ladi. Bu mashg‘ulot unchalik yoqimli emas, lekin foydali: u kelajakda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tajriba orttirish imkonini beradi.
Arslon (23.07 – 22.08)
Ajoyib ishlash imkoniyati bo‘ladi. So‘nggi paytlarda kasbiy vazifalar siz uchun birinchi o‘rinda bo‘lmagan bo‘lsa ham, bugun ularga e’tibor qaratish kerak. Biroz harakat qilib erishadigan natijalaringiz hammada taassurot qoldiradi. Ba’zilar uchun ular hatto karyera rivojlanishida yangi bosqich bo‘ladi.
Parizod (23.08 – 23.09)
Harakat qilish kerak bo‘ladi, lekin behuda ketmaydi. Bu mukofot mehnatga mos keladigan yoqimli kunlardan biri, shuning uchun sizda juda ko‘p narsaga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bunda nafaqat ish qobiliyati, balki o‘z energiyasini darhol konstruktiv yo‘nalishga yo‘naltirish qobiliyati ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Moliya sohasida ham ijobiy tendensiyalar ta’siri ustunlik qiladi. Kutilmagan pul tushumlari, yoqimli syurprizlar va sovg‘alar bo‘lishi mumkin. Uy ishlari bilan shug‘ullanish, mebel yoki maishiy texnika kabi foydali narsalarni sotib olish yaxshi.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Muhim ishlar va katta rejalar bo‘lsa o‘ylaganingizni iloji boricha ertaroq amalga oshirishga kirishing. Aynan kunning birinchi yarmida ijobiy tendensiyalarning ta’siri kuchli bo‘ladi. Bundan foydalanib qolishga va imkon qadar tezroq ulgurishga harakat qiling. Uchrashuv va muzokaralarni ham kechiktirmagan ma’qul: ertalabdan turli odamlar bilan kelishib olish, kerakli so‘zlar va ishonchli dalillarni topish osonroq bo‘ladi. Shu bilan birga, ishbilarmonlik va shaxsiy manfaatlarni aralashtirmaslik, g‘iybatlarga sabab bo‘lmaslik va umuman, o‘zingizni xuddi kasbiy muvaffaqiyatlar siz uchun muhimdek tutish muhim.
Chayon (24.10 – 22.11)
Hammasi juda yaxshi ketyapti, shuning uchun vaziyatdan foydalanib, siz uchun ayniqsa muhim bo‘lgan ishlarda muvaffaqiyatga erishishga harakat qiling. Shuni yodda tutingki, kunning birinchi yarmi ayniqsa qulay bo‘ladi, shuning uchun uni ayniqsa samarali o‘tkazish kerak. So‘nggi paytlarda nima qilishni bilmay, bir joyda depsinib turganlarda ajoyib g‘oyalar paydo bo‘ladi. Burjning bunday vakillari qayerga borish kerakligini tushunadi va darhol tanlangan yo‘nalishda birinchi qadamlarni qo‘yishi mumkin.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Ko‘p ishlar qilish kerak bo‘ladi, hamma narsa rejadagidek bo‘lmaydi, lekin siz uddalaysiz. Bu muvaffaqiyat yondashuvga bog‘liq bo‘lgan kunlardan biri, shuning uchun sizga xos bo‘lgan optimizm va ishonch juda foydali bo‘ladi. Boshqalar dovdirab qolgan joyda qat’iyat ko‘rsatasiz va buning natijasida kutganingizdan ham ko‘prog‘iga erishasiz. Ko‘plarga bugun ilgari olingan bilim va tajribalar asqotadi. Ular tufayli burj vakillari raqiblarini ancha ortda qoldirishi mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Burjning barcha vakillari ham kun boshidagi qiyinchiliklardan qochib qutula olmaydi. Bu vaqtda zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan qandaydir kichik muammolar yuzaga kelishi mumkin, ishlarning kechikishi ham istisno etilmaydi. Bu asabiylashtiradi va burjning barcha vakillari ham his-tuyg‘ularni boshqara olmaydi. Shunga qaramay, shoshqaloqlik qilmaslikka, keyin pushaymon bo‘ladigan narsalarni gapirmaslikka va qilmaslikka harakat qiling.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Kunning boshlanishi juda qiziqarli bo‘ladi. Bu vaqt ichida siz nafaqat ko‘p foydali ishlarni bajarishga, balki tez orada kerak bo‘ladigan narsalarni o‘rganishga ham ulgurasiz. Vaziyatlar siz kutganingizdek bo‘lmasligi mumkin, lekin bu muammo bo‘lmaydi. Aksincha, siz improvizatsiya qilasiz, maqsadga erishishning qandaydir oddiy, ammo samarali usulini o‘ylab topasiz. Ba’zilar foydali tanishlar orttirishi yoki nufuzli odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi mumkin. Ommaviy chiqishlar yaxshi o‘tadi. Hatto kutilmaganda diqqat markazida bo‘lsangiz ham o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz.
Baliq (19.02 – 20.03)
Yaxshisi, hech qayerga shoshilmang va kunni aslida nimani xohlashingiz haqida o‘ylashdan boshlang. Ko‘plab tashabbuslaringiz qo‘llab-quvvatlanadi. Siz haqiqatan ham qiziqish uyg‘otadigan va ilhomlantiradigan ishlarni yaxshi uddalaysiz; shuning uchun aynan shunday vazifalarni afzal ko‘rish kerak.