Yangi Zeekr 8X krossoveri qachon sotuvga chiqadi

4-mart 2026 14:47 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Zeekr 8X bilan test-drayv: avtomobil turli yo‘l sharoitlarida tekshirildi
Foto: Zeekr

Zeekr kompaniyasi yangi Zeekr 8X krossoverini taqdim etdi. «Kitayskie avtomobili» yozishicha, avtomobilning Xitoydagi savdosi 2026-yilning ikkinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.

Model narxi taxminan 430 mingdan 550 ming yuangacha bo‘lishi mumkin. Bu taxminan $60 mingdan $77 minggacha degani.

Zeekr 8X yangi SEA-S platformasida ishlab chiqilgan. Avtomobil uzunligi 5100 mm, kengligi 1998 mm, balandligi 1780 mm. G‘ildirak bazasi esa 3069 mmni tashkil etadi.

Krossover haydovchiga yordam beruvchi yangi G-ASD faol assistent tizimi bilan jihozlangan birinchi model bo‘ladi.

Avtomobil gibrid kuch qurilmasiga ega. Unda 2 litrli turbomotor va uchta elektromotor o‘rnatilgan. Ularning umumiy quvvati 1400 ot kuchiga yetadi. Yangi Zeekr 8X faqat elektr rejimida 256 km dan 328 km gacha masofa bosib o‘ta oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zeekr brendi yangi 8X yirik plug-in gibrid krossoverini Xitoy bo‘ylab 30 ming kilometr masofada sinovdan o‘tkazgani haqida xabar berilgandi

Model Xitoyning eng shimoliy hududi bo‘lgan Mohe shahrida ham sinovdan o‘tgan. Bu yerda harorat -53 darajagacha tushadi. Shuningdek, avtomobil Tibet yaylovlari, cho‘l hududlari va baland tog‘ dovonlarida ham tekshirildi.

Shuningdek