Volkswagen Golf 9 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

6-mart 2026 09:08 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volkswagen Golf 9 avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqadi
Foto: Avto.ru / Volkswagen Golf 8

Volkswagen kompaniyasi Volkswagen Golf 9 avtomobilini taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda Motor1 portali xabar bermoqda.

Modelning yangi dizayni bilan birga, brendning kelajakdagi yo‘nalishlari haqida ko‘plab yangiliklarni ham ochib berdi. Golf 9, tanish dizaynni saqlab qoladi va yangi modellarida benzinli motorlar, shuningdek, fizik tugmalarni qayta tiklash haqida ma’lumot berilgan.

Avtomobilning seriyali ishlab chiqarilishi 2027-yil boshida Meksikadagi zavodda boshlanadi, shuningdek, hozirgi ID. 3 elektr avtomobilining o‘rniga keladigan ID. Golf elektr modeli esa faqat 2028-yilda taqdim etilishi rejalashtirilgan. Kompaniya, shu bilan birga, hozirgi avlod Golf ni qayta ishlashni davom ettirib, uning umrini uzaytirishga harakat qilmoqda.

Foto: Volkswagen

Asosiy yangilik esa Volkswagen kompaniyasi butunlay sensorli boshqaruv tizimidan voz kechmoqda. Yangi Golf va ID. modellari ichki dizaynida jismoniy tugmalarni, jumladan, rul va markaziy konsolda joylashgan tugmalarni qaytaradi.

Bundan tashqari, raqamli panel va multimedia ekranlari retro rejimda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa asl Golf Mk1 modelining ko‘rinishiga o‘xshash bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar avtomobil ixlosmandlari uchun katta yangilik bo‘lishi aniq.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Li Auto Volkswagenni keskin tanqid qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek