Jetour X90+ to‘liq privodli versiyada taqdim etildi

11-mart 2026 08:22 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Jetour.ru

Rossiyada Jetour kompaniyasi Jetour X90+ modelining to‘liq privodli yangi modifikatsiyasini taqdim etdi. Bu versiya kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilingan narxlar ro‘yxatiga kiritildi.

Yangi modifikatsiya 2 litrli 245 ot kuchiga ega dvigatel va 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. To‘liq privodli versiya faqat Lux komplektatsiyasida taklif qilinadi va uning narxi taxminan $46 mingni tashkil etadi.

Taqqoslash uchun, shunga o‘xshash komplektatsiyadagi old g‘ildirakdan tortuvchi Jetour X90+ robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan taxminan $43,5 mingga sotiladi. Ya’ni to‘liq privodli versiya qariyb 229 ming rublga qimmatroq.

Yangi krossover 7 o‘rindiqli salon bilan taqdim etiladi. Uning texnik jihozlari asosan old privodli yuqori komplektatsiya bilan bir xil, biroq qo‘shimcha xavfsizlik tizimlari bilan farq qiladi. Jumladan, orqa tomondan to‘qnashuv haqida ogohlantirish, eshik ochilishi xavfi haqida ogohlantirish, harakat yo‘lagida ushlab turish va yo‘lakni almashtirishda yordam tizimlari mavjud.

Shuningdek, avtomobil simsiz smartfon zaryadlash, ovoz orqali boshqaruv, 360 darajali kamera, quyoshdan himoya qalqonlaridagi yoritilgan kosmetik oynalar hamda bagaj bo‘limida qo‘shimcha javon bilan jihozlangan.

Lux komplektatsiyasida 12,3 dyuymli sensorli ekranli multimedia tizimi, 8 ta karnayli audio tizim, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlovi hamda adaptiv kruiz-nazorat tizimi ham mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Tracker avtomobili uchun chegirmalar e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek