O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi

14-mart 2026 17:40 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Koreyaga 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi / Foto: O‘FA

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 2026-yilgi Ayollar Osiyo kubogining navbatdagi uchrashuvida Koreya Respublikasi bilan maydonga chiqdi va 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida Son Hva-Yeon 9-daqiqada hisobni ochdi. Keyinchalik, 21-daqiqada Ko Yoo Jin jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Ikkinchi bo‘limda Park So-Jeon 57-daqiqada, Ji So-Yun 72-daqiqada va Le Yu-Yong esa 86-daqiqada o‘z goli bilan hisobga ochko qo‘shib, yakunda Koreya terma jamoasi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuv 90+3 daqiqada yakunlandi va O‘zbekiston jamoasi musobaqaning keyingi o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Osiyo kubogi yarim finaliga Janubiy Koreyadan tashqari Xitoy va Avstraliya chiqdi. So‘nggi yarim finalchi Yaponiya va Filippin o‘rtasidagi uchrashuv natijasida aniqlanadi. O‘zbekiston esa 2 ta yo‘llanma uchun o‘tkaziladigan mini-turnirda Shimoliy Koreya, Xitoy Taypeyi yoki so‘nggi chorak final mag‘lubi bilan kuch sinash imkoniga ega.

Foto: O‘FA

Ma’lumot uchun, guruh bosqichida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi B guruhida uchta uchrashuv o‘tkazdi. Birinchi turda jamoa Shimoliy Koreyaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Iikkinchi turda Osiyoning amaldagi chempioni Xitoyga ham 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oxirgi turda esa Bangladeshni 4:0 hisobida yengib, eng yaxshi 3-o‘rinlardan biri sifatida chorak finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi raqibi o‘zgarishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek