Poco X8 Pro Max kuchli batareya va keng ekran bilan taqdim etildi

17-mart 2026 20:35 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Poco X8 Pro Max kuchli batareya va keng ekran bilan taqdim etildi / Foto: Poco

Poco brendi yangi flagman smartfoni Poco X8 Pro Max’ni rasman taqdim etdi. Bu haqda Poco Global YouTube sahifasida ma’lum qilindi.

Yangi model 6,83 dyuymli AMOLED ekran, 1,5K o‘lcham va 120 Gts yangilanish chastotasiga ega. Qurilmaning asosiy apparat platformasi sifatida Mediatek Dimensity 9500s ishlatilgan. Shu bilan Poco X8 Pro Max Snapdragon 8 Elite Gen5 platformasiga ega modellarga deyarli yutqazmaydi.

Smartfonning asosiy afzalligi batareyadir. Uning sig‘imi 8500 mAh bo‘lib, 100 vatt quvvat bilan tez zaryadlash va 27 vatt quvvatli teskari simli zaryadlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Asosiy kamera 50 (Light Fusion 600) va 8 MP sensorlardan iborat.

Foto: Poco

Qurilma IP69K darajasida himoya, ultratovushli ekranning ostidagi barmoq izi skaneri va e-SIM imkoniyatiga ega. Yon ramkasi metall, orqa qopqog‘i esa shisha toladan yasalgan. Dasturiy platforma sifatida HyperOS 3, Android 16 bazasida ishlaydi.

Poco X8 Pro Max ikki konfiguratsiyada taqdim etilgan. Narxlar 12/256 GB versiyasi uchun $430, 12/512 GB versiyasi uchun esa $460 ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iPhone 19e modeli qanday ekran bilan taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek