
Yangi taqdim etilgan Oppo Find N6 modeli avtonomiya bo‘yicha Samsung Galaxy Z Fold7 va Google Pixel 10 Pro Fold bilan solishtirildi. Sinov mashhur PhoneBuff kanali tomonidan o‘tkazilgan.
Taqqoslashda uchala qurilma kundalik foydalanish rejimiga yaqin sharoitda tekshirildi — bunda ichki va tashqi ekranlar aralash holda ishlatilgan.
Natijalarga ko‘ra, kutilganidek eng katta batareyaga ega model ustunlik qildi. Oppo Find N6 6000 mA/soat batareyasi bilan 11 soat 46 daqiqa ishlagan. Google Pixel 10 Pro Fold 5015 mA/soat bilan 10 soat 40 daqiqa natija ko‘rsatgan bo‘lsa, Samsung Galaxy Z Fold7 4400 mA/soat batareya bilan 9 soat 52 daqiqada sinovni yakunlagan.
Zaryadlash tezligi bo‘yicha esa katta farq kuzatilmadi: yarim soatda qurilmalar mos ravishda 55%, 49% va 51% gacha quvvatlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo’ning Find N6 buklanadigan smartfoni xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgandi.