Hayit dasturxoni: bayramda ovqat, salat va shirinliklar tayyorlash qanchaga tushadi

19-mart 2026 11:00 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Getty Images

Ramazon hayiti – bu oilaviy va do‘stona bayram, unda dasturxon bezash va mehmonlarga taom tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bayram dasturxoni nafaqat ko‘zni quvontirishi, balki taomlarning mazali, to‘yimli va sog‘lom bo‘lishini ham talab qiladi.

Kursiv Uzbekistan ushbu maqolada Ramazon hayiti dasturxoni uchun eng kerakli taomlarni, ularning tayyorlash bosqichlarini, masalliqlari va taxminiy xarajatlarini batafsil taqdim qiladi.

Ushbu maqolada siz quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:

Asosiy taomlar

Qozonda pishirilgan qiyma-kabob (Lo‘li-kabob)

Foto: Getty Images
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)Izoh
Mol go‘shti qiyma500 g55 ming so‘m1 kg – 110 ming so‘m
Oq non2 bo‘lak6 ming so‘m1 bo‘lak – 3 ming so‘m
Tuxum1 ta1,5 ming so‘m10 dona – 15 ming so‘m
Piyoz200 g1,5 ming so‘m1 kg – 5 ming so‘m
Sarimsoqpiyoz4 tishMing so‘m100 g – 3 ming so‘m, taxminan 4 tish
Kartoshka600 g3 ming so‘m1 kg – 5 ming so‘m
O‘simlik yog‘i100 ml25 ming so‘m/litr1 litr – 25 ming so‘m
Suv100 ml0
Tuz, murch, zira, kashnichTa’bga ko‘ra

Ushbu narxlarlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 17-mart holatiga ko‘ra, Yangi Qo‘yliq dehqon bozori — «Food city» savdo majmuasi hamda «Eski juva» — «Chorsu» dehqon bozori ulgurji narxlari asosida hisoblandi.

Jami summa 91,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Non bo‘laklarini suvga botirib 5 daqiqa yumshatib oling.
  2. Qiyma, piyoz, sarimsoqpiyoz va tuxumni birlashtiring, tuz va ziravorlarni qo‘shing.
  3. Yumshagan nonni aralashmaga soling va yaxshilab aralashtiring.
  4. 50–60 grammli bo‘laklar qilib kabob shaklida tayyorlab, muzlatgichga 15–20 daqiqa qo‘ying.
  5. Qozonda yog‘ni qizdirib, kaboblarni qizartiring.
  6. Shu yog‘da kartoshkani bo‘laklarga bo‘lib qovuring, tuz va zira sepib aralashtiring.
  7. Kartoshkani qozonda qoldirib, ustiga kaboblarni joylashtiring, 100 ml suv qo‘shib, o‘rtacha olovda 30 daqiqa pishiring.

Qovurilgan chuchvara

Foto: Getty Images
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Un400 g5 ming so‘m
Iliq suv170 ml
Tuxum1 ta1,5 ming so‘m
Tuz (xamir uchun)1 choy qoshiq
O‘simlik yog‘i2 osh qoshiq25 ming so‘m
Mol go‘shti qiyma400 g45 ming so‘m
Piyoz2 ta2 ming so‘m
Tuz, qora murch, ziraTa’bga ko‘ra
O‘simlik yog‘i (qovurish)Kerakli miqdor

Jami summa 78,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Xamir tayyorlab, 30 daqiqa tindiring.
  2. Qiyma va piyozni aralashtirib, tuz, murch va zira qo‘shing.
  3. Xamirni yoyib, bo‘laklarga kesing va har bir bo‘lakka qiymani soling.
  4. Patnisga terib, qizigan o‘simlik yog‘ida qovuring.
  5. Tayyor chuchvaralarni issiq holda dasturxonga torting.

Shirinliklar: qush tili

Foto: Facebook
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Tuxum1 ta1,5 ming so‘m
Vanil shakari1 choy qoshiq2 ming so‘m
Tuz1 chimdim
Iliq suv50 ml
Eritilgan sariyog‘20 g15 ming so‘m
Un150 g5 ming so‘m
Shakar (qiyom uchun)100 g10 ming so‘m
Suv (qiyom uchun)50 ml
Limon sharbati1 choy qoshiq12 ming so‘m
Asal1 osh qoshiq27 ming so‘m
O‘simlik yog‘iQovurish uchun

Jami summa 72,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Idishda tuxumni venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.
  2. Aralashtirib turgan holda vanil shakari, tuz, iliq suv va eritilgan sariyog‘ni qo‘shamiz.
  3. Un qo‘shib yumshoq xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan o‘rab, 40 daqiqa tindiramiz.
  4. Qiyom tayyorlaymiz: idishga suv va shakar solib, olovga qo‘yamiz. Qaynab chiqqanidan so‘ng o‘rtacha olovda 10 daqiqa qaynatamiz.
  5. So‘ng limon sharbati va asal solib, aralashtirib turgan holda 10 daqiqa qaynatamiz va olovdan olamiz.
  6. Xamirni taxminan 100 gramm keladigan 10 ta bo‘lakka bo‘lamiz.
  7. Har bir bo‘lakni 22×14 sm to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, 0,3 sm qalinlikda yoyamiz.
  8. Qalinligi 0,5 sm keladigan tasmalarga kesib, videoda ko‘rsatilganidek tugamiz.
  9. Qozonni olovga qo‘yib yog‘ quyamiz.
  10. Hosil bo‘lgan qush tillarini qizigan yog‘ga solib, ikki taraflama 5 – 7 daqiqa tilla rang bo‘lgunicha qovurib olamiz.
  11. Qovurilgan qush tillarini qiyomga botirib olib, chiroyli likopchaga solamiz va dasturxonga tortamiz.

Chak-chak

Foto: Getty Images
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Un250 g5 ming so‘m
Tuxum3 ta4,5 ming so‘m
Tuz1 chimdim
Iste’mol sodasi0,5 choy qoshiq
Dumba yog‘i yoki charvi80 g15 ming so‘m
Margarin50 g7 ming so‘m
O‘simlik yog‘i1 litr25 ming so‘m
Shakar200 g15 ming so‘m
Suv120 ml
Asal150 g27 ming so‘m
Limon sharbati0,5 choy qoshiq12 ming so‘m

Jami summa 110,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Tuxumlarni idishga chaqib, mikser bilan 5 daqiqa ko‘pirtiramiz. Tuz va sodani qo‘shib yana aralashtiramiz.
  2. Un solib, o‘rtacha qattiqlikdagi xamir qoramiz.
  3. Xamirni yopib, 30 daqiqa tindiramiz.
  4. Xamirni 2 mm qalinlikda yoyamiz.
  5. Eritilgan yog‘ va margarinni aralashtirib, xamirning yarmiga surtamiz va buklaymiz.
  6. Xamirni 3 sm lentalarga, so‘ng 1,5 sm bo‘laklarga kesamiz.
  7. Qozonda yog‘ni qizdirib, xamir bo‘laklarini qovuramiz.
  8. Qovurish jarayonida aralashtirib turamiz — shakli chiroyli bo‘ladi.
  9. Qiyom tayyorlaymiz: shakar va suvni 30 daqiqa past olovda qaynatamiz.
  10. Qiyom biroz quyuqlashgach asal va limon sharbatini qo‘shib aralashtiramiz.
  11. Qaynashi bilan olovdan olib, chak-chak ustidan quyamiz.
  12. Yaxshilab aralashtirib, likopchaga chiroyli qilib joylaymiz.

Salatlar: «Mujskoy kapriz» (Erkak xohishi)

Foto: Pinterest
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Dudlangan kurka go‘shti100 g12 ming so‘m
Dudlangan kolbasa100 g10 ming so‘m
Qazi100 g25 ming so‘m
Qattiq pishloq100 g10 ming so‘m
Mayonez200 g8 ming so‘m
Tuz, murchTa’bga ko‘ra

Jami summa 55 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Barcha masalliqlarni 3 – 5 mm qalinlikda somoncha shaklida to‘g‘rab oling.
  2. Hammasini bitta idishga soling.
  3. Mayonez qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
  4. Tayyor salatni darhol dasturxonga torting yoki sovutgichda qisqa muddat saqlang.

«Violetta» salati

Foto: Gastronom
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Qaynatilgan qizil lavlagi500 g5 ming so‘m
Qattiq pishloq200 g20 ming so‘m
Marinadlangan bodring250 g7 ming so‘m
Konservalangan yashil no‘xat200 g6 ming so‘m
Mayonez60 g3 ming so‘m
Sarimsoqpiyoz1 tish
Tuz1 choy qoshiq
Qora murch1 chimdim
Shivityarim bog‘1,5 ming so‘m

Jami summa 42,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Qaynatilgan qizil lavlagini tozalab, o‘rtacha kubiklarga to‘g‘rang.
  2. Pishloq va marinadlangan bodringni kubik shaklida to‘g‘rang.
  3. Idishda bodring, qizil lavlagi, pishloq va yashil no‘xatni birlashtiring.
  4. Mayonez, tuz, qora murch va maydalangan sarimsoqpiyoz qo‘shib aralashtiring.
  5. Salatni sovutgichga 30 daqiqaga qo‘ying.
  6. Tayyor salatni likopchaga solib, shivit bilan bezab dasturxonga torting.

Non mahsulotlari: Go‘shtli non

Foto: Zira.uz
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Un450 g6 ming so‘m
Sut200 ml10 ming so‘m
Tuz1 choy qoshiq
Shakar1 osh qoshiq10 ming so‘m
Quruq xamirturush10 g2 ming so‘m
Margarin180 g6 ming so‘m
Mol go‘shti300 g35 ming so‘m
Piyoz250 g2 ming so‘m
Tuz va murchTa’bga ko‘ra
Zira0,5 choy qoshiq
Tuxum1 ta1,5 ming so‘m
Kunjut20 gMing so‘m

Jami summa 72,5 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Un ichiga shakar, tuz va xamirturush solib aralashtiring.
  2. Eritilgan margarin va iliq sut qo‘shib, yumshoq xamir qorib oling.
  3. Xamir ustini yopib, issiq joyda 40 – 60 daqiqa oshiring.
  4. Go‘shtni mayda to‘g‘rab, piyoz bilan aralashtiring, tuz, murch va zira qo‘shib, 10 daqiqa tindiring.
  5. Xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, dumaloq shakl bering.
  6. Har birini yoyib, o‘rtasini kesib teshik hosil qiling.
  7. Chetlariga go‘shtli asosni joylashtirib, kulcha shaklida yopib chiqing.
  8. Patnisga qo‘yib, ustiga tuxum surtib, kunjut seping.
  9. 180 – 190°C da qizdirilgan pechda 30 daqiqa pishiring.

Bo‘g‘irsoq

Foto: You Tube videosidan olindi
MasalliqMiqdorNarx (so‘m)
Un400 g5 ming so‘m
Sariyog‘50 g4 ming so‘m
Suv250 ml
Achitqi1 choy qoshiqMing so‘m
Shakar1 choy qoshiq5 ming so‘m
Tuz0,5 choy qoshiq
O‘simlik yog‘iQovurish uchun25 ming so‘m

Jami summa 39 ming so‘mni tashkil etadi.

Tayyorlash bosqichlari

  1. Avval opara tayyorlang: 150 ml iliq suvga achitqi va shakar solib aralashtiring. 5–7 daqiqa ko‘pik hosil bo‘lguncha qoldiring.
  2. Sariyog‘ni eritib oling. Un, tuz va oparani eritilgan sariyog‘ bilan aralashtirib, yumshoq xamir qorib oling.
  3. Xamirni iliq joyda 1 soat davomida ko‘tarilishi uchun qoldiring.
  4. Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoying.
  5. Xamirni romb yoki xohishga ko‘ra doira/to‘rtburchak shaklida kesing.
  6. Qozonda o‘simlik yog‘ini yaxshilab qizdiring.
  7. Bo‘g‘irsoqlarni ikki tomoni tillarang bo‘lguncha qovuring.
  8. Ortiqcha yog‘ini olish uchun qog‘oz salfetkaga oling.
  9. Ta’bga ko‘ra bezatib, dasturxonga torting.

Jami xarajatlar

Bo‘limMahsulot nomiNarxi (ming so‘m)
Asosiy taomlarQozonda pishirilgan qiyma-kabob (Lo‘li-kabob)91,5 ming so‘m
Qovurilgan chuchvara78,5 ming so‘m
ShirinliklarQush tili72,5 ming so‘m
Chak-chak110,5 ming so‘m
Salatlar«Mujskoy kapriz» (Erkak xohishi)55 ming so‘m
«Violetta» salati42,5 ming so‘m
Non mahsulotlariGo‘shtli non72,5 ming so‘m
Bo‘g‘irsoq39 ming so‘m

Jami summa: 562,5 ming so‘m

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Hayit bayramiga yaqinlarga nima sovg‘a qilish mumkin va u qancha turishi haqida yozgandi.

Shuningdek