Behruz Karimov: Hojiakbar Alijonov bilan raqobat, FIFA Series turniri va terma jamoaga chaqiruv olgani haqida

24-mart 2026 18:33 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: championat.asia

O‘zbekiston terma jamoasiga jalb etilgan Behruz Karimov Jahon chempionati oldidan Hojiakbar Alijonov bilan kechadigan raqobat haqida fikr bildirdi. Futbolchining ta’kidlashicha, mazkur raqobat jarayoni u uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.

Behruz Karimov milliy terma jamoaga chaqirilishini o‘zining eng katta orzularidan biri amalga oshganligi deb atadi. U professional futbolchilar bilan birga shug‘ullanish orqali kelajakda terma jamoa sha’nini munosib himoya qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, futbolchi oldinda turgan FIFA Series turnirining ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Ushbu musobaqa Jahon chempionati oldidan jamoaning qanday holatda ekanligini sinab ko‘rish va tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun muhim bosqich ekanligi qayd etildi.

Asosiy himoya chizig‘ida tajribali Hojiakbar Alijonov bilan raqobatlashish masalasida Karimov o‘z hamkasbiga yuqori baho berdi.

«Bu yerda albatta raqobat bo‘ladi. Hojiakbar Alijonovni hurmat qilaman. Juda ham kuchli himoyachi. Albatta, ulardan ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilaman», — dedi Behruz Karimov.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fabio Kannavaro futbolchi 17 yoki 19 yoshda tayyor bo‘lsa, demak u milliy jamoada bo‘lishi kerak deya ta’kidlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek