Chevrolet Bolt 2027 elektromobili qanday motor bilan jihozlanadi

1-aprel 2026 07:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Bolt 2027 elektromobili qanday motor bilan jihozlanadi
Foto: Chevrolet

Chevrolet Bolt 2027 modeli kompaniyaning X76 elektromotoridan foydalangan 10-avtomobilga aylandi. Bu haqda GMAutority nasri xabar bermoqda.

Kompaniya bu yondashuvni «Winning With Simplicity» deb ataydi. Ya’ni bir xil komponentlarni turli modellarda qo‘llash orqali samaradorlik oshiriladi. X76 elektromotori Cadillac Lyriq, Chevrolet Equinox EV va Honda Prologue kabi modellarda ham ishlatilmoqda. Ayrim modellarning ishlab chiqarilishi allaqachon to‘xtatilgan yoki faqat Xitoy bozorida qolgan.

Chevrolet Bolt 2027 elektromobili qanday motor bilan jihozlanadi
Foto: Chevrolet

Yangi Bolt faqat old g‘ildirakdan tortish tizimi bilan taklif qilinadi. Hozircha to‘liq privod varianti rejalashtirilmagan. X76 elektromotori doimiy magnitli dizaynga ega. Unda kamroq noyob yer metallari ishlatiladi. Segmentlangan magnitlar issiqlik va energiya yo‘qotilishini kamaytiradi.

Shuningdek, inverterda kremniy karbid materiallari qo‘llangan. Bu energiya samaradorligini oshiradi. Motor ixcham bo‘lib, turli modellarga oson moslashadi. GM ta’kidlashicha, 2027-yilgi Bolt’dagi X76 versiyasi eng ilg‘or hisoblanadi.

Foto: Chevrolet

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2027-yilgi Chevrolet Bolt elektromobilining haqiqiy yurish masofasi kutilganidan kam natijani ko‘rsatgani aqida yozgan edi.

Shuningdek