Tank 700 yangi modellari taqdim etildi — foto, narx

2-aprel 2026 15:14 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Tank 700 yangi modellari taqdim etildi — foto, narx / Foto: Carnewschina

Great Wall Motor kompaniyasi yangi avlod yo‘ltanlamaslari – Tank 700 Hi4-T va Tank 700 Hi4-Z modellari uchun oldindan buyurtmalarni rasman boshladi. Bu haqda Carnewschina nashri ma’lum qildi.

Yangi modellarning narxi ham e’lon qilindi: Tank 700 Hi4-T$75,1 ming etib belgilangan bo‘lsa, Tank 700 Hi4-Z $63,5 ming – $69,3 ming oralig‘ida taklif etilmoqda. Har ikkala avtomobil zamonaviy uch ekranli tizim bilan jihozlangan bo‘lib, u 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli, 15,6 dyuymli markaziy displey va orqa yo‘lovchilar uchun 17,3 dyuymli ekranni o‘z ichiga oladi.

Multimedia tizimi Coffee OS platformasida ishlaydi. Audio tizim esa 21 ta karnaydan iborat bo‘lib, umumiy quvvati 2440 Vtni tashkil etadi. Salon qulayligi uchun old o‘rindiqlar 20 xil holatda sozlanadi va 180 darajagacha yotqiziladi, orqa o‘rindiqlar esa 141 darajagacha egilishi mumkin. Shuningdek, 5,4 litrli ichki sovitkich -6°C dan 50°C gacha haroratni sozlash imkonini beradi.

Texnik jihatdan avtomobillar 27 ta sensor, jumladan, lidar bilan jihozlangan. Haydovchiga yordam beruvchi Coffee Pilot 4.0 tizimi Nvidia Drive Thor-U platformasida ishlaydi va xavfsizlik hamda aqlli boshqaruvni ta’minlaydi.

Foto: Carnewschina

Tank 700 Hi4-Z modeli 2,0 litrli ulanadigan gibrid dvigatel va 59,05 kVt/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, umumiy quvvati 635 kVt (851 ot kuchi)ga teng. Elektr rejimida yurish zaxirasi WLTC bo‘yicha 190 km, aralash rejimda esa 1191 kmni tashkil etadi. Shuningdek, u 750 kg (tormozsiz) va 2500 kg (tormoz bilan) yukni tortish imkoniga ega.

Tank 700 Hi4-T esa 3,0 litrli V6 ulanadigan gibrid tizim bilan ta’minlangan. Ushbu modelning maksimal quvvati 395 kVt, batareya sig‘imi 37,1 kVt/soat bo‘lib, elektr rejimidagi yurish zaxirasi WLTC standarti bo‘yicha 90 kmni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ford Transit City elektr furgoni taqdim etilgan edi.

Shuningdek