
Bugun, 2-aprel kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Joriy yilning 8 – 26-may kunlari musobaqaning guruh bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, klublar milliy terma jamoa yig‘iniga qancha futbolchi berishidan qat’iy nazar, kubok o‘yinlarida qatnashishni davom ettiradi. Ishtirokchilar O‘zbekiston kubogi reglamenti asosida maxsus savatchalarga ajratildi. Bu qaror bir savatchadagi klublarning guruhda o‘zaro tushib qolmasligini ta’minlaydi.

Dastlabki savatchadan joy olgan sakkizta klub har qanday holatda ham guruhdagi ikkita uchrashuvni o‘z maydonida qabul qiladi. Qolgan uchta savatcha vakillarining uy yoki safar o‘yinlari qur’a yordamida aniqlandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Neftchi» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylangani haqida xabar bergan edi.