Fan

10 ta universitetga milliy tadqiqot maqomi berilib, har biriga 150 mlrd so‘mgacha ajratiladi

3-aprel 2026 17:20 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: prezident.uz

O‘zbekistonda «U10» dasturi doirasida 10 ta oliy ta’lim muassasasi tanlab olinib, ularga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi hamda ilmiy klasterlar yaratish uchun katta miqdorda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilga oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan yangi takliflar taqdimotida ma’lum qilindi.

So‘nggi yillarda mamlakatda oliy ta’lim qamrovini kengaytirish, sifatni oshirish va ilmiy salohiyatni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Endilikda ushbu jarayonni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Taqdimotda ko‘rib chiqilgan asosiy tashabbuslardan biri — «U10 – O‘zbekistonning global darajadagi ilg‘or universitetlari» dasturidir. Unga ko‘ra, tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim tashkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi.

Tanlovda professor-o‘qituvchilar salohiyati, ilmiy infratuzilma, moliyalashtirish darajasi hamda xalqaro reytinglardagi o‘rin kabi mezonlar inobatga olinadi.

Mazkur universitetlarda ilmiy klasterlar tashkil etilib, ular mahalliy va xorijiy OTMlar, ilmiy markazlar hamda sanoat korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.

Shuningdek, har bir tanlab olingan universitetga ilmiy klasterlarni rivojlantirish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Polshada 3,6 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassisga talab borligi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek