«JCh – 2026» taqvimi: O‘zbekiston dastlabki turni tongda o‘tkazadi

6-aprel 2026 14:23 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yilda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalarning o‘yinlar taqvimi e’lon qilindi. Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqadagi dastlabki bahsni O‘zbekiston vaqti bilan tonggi 07:00 da o‘tkazadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlar jadvali ham tasdiqlangan. Vakillarimiz 1-turni 18-iyun tonggi soat 07:00 da Kolumbiyaga qarshi, 2-turni 23-iyun 22:00 da Portugaliyaga qarshi va 3-turni esa 28-iyun 04:30 da DR Kongo terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘yinlar taqvimi

Guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi

Quyida birinchi, ikkinchi va uchinchi tur uchrashuvlari sanasi, vaqti hamda juftliklari keltirilgan.

Birinchi tur

12-iyun
00:00 Meksika — JAR
07:00 Janubiy Koreya — Chexiya
13-iyun
00:00 Kanada — Bosniya va Gersegovina
06:00 AQSh — Paragvay
14-iyun
00:00 Qatar — Shveysariya
03:00 Braziliya — Marokash
06:00 Gaiti — Shotlandiya
09:00 Avstraliya — Turkiya
22:00 Germaniya — Kyurasao
15-iyun
01:00 Niderlandiya — Yaponiya
04:00 Kot-d’Ivuar — Ekvador
07:00 Shvetsiya — Tunis
21:00 Ispaniya — Kabo-Verde
16-iyun
00:00 Belgiya — Misr
03:00 Saudiya Arabistoni — Urugvay
06:00 Eron — Yangi Zelandiya
17-iyun
00:00 Fransiya — Senegal
03:00 Iroq — Norvegiya
06:00 Argentina — Jazoir
09:00 Avstriya — Iordaniya
22:00 Portugaliya — DR Kongo
18-iyun
01:00 Angliya — Xorvatiya
04:00 Gana — Panama
07:00 O‘zbekiston — Kolumbiya

Ikkinchi tur

18-iyun
21:00 Chexiya — JAR
19-iyun
00:00 Shveysariya — Bosniya va Gersegovina
03:00 Kanada — Qatar
06:00 Meksika — Janubiy Koreya
20-iyun
00:00 AQSh — Avstraliya
03:00 Shotlandiya — Marokash
06:00 Braziliya — Gaiti
09:00 Turkiya — Paragvay
22:00 Niderlandiya — Shvetsiya
21-iyun
01:00 Germaniya — Kot-d’Ivuar
05:00 Ekvador — Kyurasao
09:00 Tunis — Yaponiya
21:00 Ispaniya — Saudiya Arabistoni
22-iyun
00:00 Belgiya — Eron
03:00 Urugvay — Kabo-Verde
06:00 Yangi Zelandiya — Misr
22:00 Argentina — Avstriya
23-iyun
02:00 Fransiya — Iroq
05:00 Norvegiya — Senegal
08:00 Iordaniya — Jazoir
22:00 Portugaliya — O‘zbekiston
24-iyun
01:00 Angliya — Gana
04:00 Panama — Xorvatiya
07:00 Kolumbiya — DR Kongo

Uchinchi tur

25-iyun
00:00 Kanada — Shveysariya
00:00 Bosniya va Gersegovina — Qatar
03:00 Marokash — Gaiti
03:00 Shotlandiya — Braziliya
06:00 Meksika — Chexiya
06:00 JAR — Janubiy Koreya
26-iyun
01:00 Ekvador — Germaniya
01:00 Kyurasao — Kot-d’Ivuar
04:00 Tunis — Niderlandiya
04:00 Yaponiya — Shvetsiya
07:00 AQSh — Turkiya
07:00 Paragvay — Avstraliya
27-iyun
00:00 Norvegiya — Fransiya
00:00 Senegal — Iroq
05:00 Urugvay — Ispaniya
05:00 Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni
08:00 Yangi Zelandiya — Belgiya
08:00 Misr — Eron
28-iyun
02:00 Panama — Angliya
02:00 Xorvatiya — Gana
04:30 Kolumbiya — Portugaliya
04:30 DR Kongo — O‘zbekiston
07:00 Jazoir — Avstriya
07:00 Iordaniya — Argentina

Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

AQSh davlatida uchrashuvlar Atlanta, Boston, Dallas, Xyuston, Kanzas-Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Fransisko va Sietl shaharlarida o‘tkaziladi. Meksika Gvadalaxara, Mexiko va Monterrey, Kanada esa Toronto hamda Vankuver shaharlari orqali musobaqaga mezbonlik qiladi.

FIFA dasturiga kiritilgan yangi formatga asosan, musobaqaning final bosqichida jami 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, 1998 – 2022-yillarda o‘tkazilgan jahon chempionatlarida qatnashchilar soni 32 tani tashkil qilgan. Barcha uchrashuvlar qit’aning 16 ta shahrida tashkil etilishi belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jahon chempionati doirasida O‘zbekiston – Kolumbiya o‘yini chiptalari «ikkinchi qo‘lda» 16 ming dollargacha sotilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek