
Rossiyada Volga brendi o‘zining yangi Volga K40 o‘rta o‘lchamli krossoverini rasman taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Model 200 ot kuchiga ega dvigatel, to‘liq privod, 8 pog‘onali avtomatik uzatma hamda intellektual boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil zamonaviy xavfsizlik va haydovchiga yordam beruvchi funksiyalar bilan to‘ldirilgan.

Krossoverning g‘ildirak bazasi 2760 mmni tashkil etadi. Bazaviy versiyada 1,5 litrli, 147 ot kuchiga ega dvigatel, old g‘ildirakdan tortish tizimi va 7 pog‘onali robot uzatma qo‘llanilgan. Eng kuchli variantda esa 2,0 litrli, 200 ot kuchiga ega dvigatel, 8 pog‘onali avtomatik uzatma va to‘liq privod mavjud.

Model jihozlanishida harakatni yo‘lda ushlab turish assistenti, adaptiv kruiz-nazorat, 360 darajali kamera tizimi hamda 6 ta xavfsizlik yostiqchasi kabi imkoniyatlar taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volga ilk krossoveri K50 modelini taqdim etgan edi. Model yoz mavsumida sotuvga chiqariladi