
AQShning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari – GM va Ford aksiyalari so‘nggi pasayishlardan keyin investorlar uchun jozibador bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Oneinvest.com nashri ma’lum qildi.
UBS investbanki Ford aksiyalarini sotib olish bo‘yicha tavsiyani «neytral»dan «sotib olish» darajasiga ko‘tardi. Mutaxassislar alyuminiy narxlari oshishi haqidagi xavotirlar haddan tashqari bo‘rttirilganini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, alyuminiy narxi oshishi va yetkazib berishdagi muammolar Ford aksiyalariga bosim qilgan. Biroq kompaniya bu xatarlarni oldindan hisobga olib, ularni qisman qoplagan.

Deutsche Bank esa GM aksiyalarini sotib olishni tavsiya qildi. Bank ekspertlariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab logistika xarajatlari oshishi haqidagi xavotirlar ham ortiqcha baholangan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet kompaniyasi yangi avtomobilini qachon taqdim etishi haqida yozgan edi.