Merilin Monroga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz 170 S auksionga qo‘yildi

15-aprel 2026 18:04 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Merilin Monroga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz 170 S auksionga qo‘yildi / Foto: Hafiza Muxtorova / SI

1950-yilda ishlab chiqarilgan va aktrisa Merilin Monroga tegishli deb taxmin qilinayotgan Mercedes-Benz 170 S avtomobili Buyuk Britaniyada auksionga chiqarildi. Bu haqda Korrespondent nashri ma’lum qildi.

Foto: Iconic Auctioneers

Buyuk Britaniyada Iconic Auctioneers auksion uyi 1950-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz 170 S avtomobilini savdoga qo‘ydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil aktrisa Merilin Monro tomonidan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Auksion uyi bergan bahoga binoan, avtomobilning boshlang‘ich narxi 120 mingdan 160 ming funt sterlinggacha (taxminan $161 mingdan $215 minggacha) etib belgilangan. Mutaxassislar bu narxni modelning odatiy bozor qiymatidan yuqori deb hisoblaydi. Bunga esa avtomobilning «yulduzli» tarixi asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Sotuvchilarning ma’lum qilishicha, avtomobil Gretsiyada topilgan bo‘lib, dastlab uning Merilin Monro bilan bog‘liqligi rasman tasdiqlanmagan. Keyinchalik esa unda aktrisa foydalanishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ayrim dalillar, jumladan, bosh harflar tushirilgan bagaj va sug‘urta hujjati aniqlangan.

Shuningdek, 1956-yilda Merilin Monro Gretsiya bo‘ylab aynan shu modeldagi avtomobilda sayohat qilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Hozirda avtomobil restavratsiya qilingan bo‘lib, original dvigatelini saqlab qolgan va uning yurish masofasi taxminan 70 ming kilometrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Rolls-Royce Cullinan qariyb 5 mlrd so‘m narxda auksionga qo‘yilgan edi.

Shuningdek