
O‘zbekiston Superligasining 8-turi doirasida Namanganning «Navbahor» jamoasi Toshkentda «Lokomotiv» klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada mehmonlar turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Aleksning uzatmasidan so‘ng «Navbahor» legioneri Ilich hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 16-daqiqada Ruslanbek Jiyanov belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi. 80-daqiqada «Navbahor» darvozaboni O‘tkir Yusupov hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
Ushbu natijadan so‘ng, «Navbahor» jamoasi o‘z ochkolarini 18 taga yetkazgan holda Superliga turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi. «Lokomotiv» esa 11 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Braga» Ispaniyada irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.