WhatsApp yangi Plus obuna xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda

21-aprel 2026 16:59 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
WhatsApp xabarlarni avtomatik yuborish funksiyasini ishlab chiqmoqda
WhatsApp xabarlarni avtomatik yuborish funksiyasini ishlab chiqmoqda / Foto: Whatsapp

Meta kompaniyasi WhatsApp foydalanish jarayonini yanada shaxsiylashtirishga qaratilgan yangi pullik obunani sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.

Yangi obuna foydalanuvchilarga ilova ikonkalari, mavzulari, qo‘ng‘iroq ohanglari va boshqa dizayn elementlarini o‘zgartirish imkonini beradi. Kompaniya bu bosqichni foydalanuvchilar fikrini o‘rganish va xizmatni takomillashtirish maqsadida amalga oshirmoqda.

Mazkur reja asosan vizual va kosmetik o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lib, funksional jihatdan katta yangiliklarni taqdim etmaydi. Xususan, foydalanuvchilar chatlar uchun kengaytirilgan pinlash imkoniyati doirasida 3 ta emas, 20 tagacha suhbatni biriktira oladi, shuningdek, maxsus ro‘yxatlar va yangi chat mavzularidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu obuna narxi Yevropada taxminan 2.49 yevro, Pokistonda esa taxminan $0.82 atrofida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ayrim foydalanuvchilarga bir oylik bepul sinov muddati ham taqdim etilishi rejalashtirilgan. Hozircha reklama bloklash yoki Status bo‘limidagi reklamalarni olib tashlash funksiyasi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp qo‘ng‘iroqlarda shovqinni bekor qilish funksiyasini joriy qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek