iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max maketlari paydo bo‘ldi: Dynamic Island kichrayadi

25-aprel 2026 14:22 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max maketlari paydo bo‘ldi: Dynamic Island kichrayadi
Foto: Ekran tasviri videodan

Internetda iPhone Ultra va iPhone 18 Pro Max modellari maketlari aks etgan video tarqaldi. Ushbu yangi smartfonlar 2026-yil sentabrda taqdim etilishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, eng asosiy o‘zgarishlardan biri Dynamic Island dizaynida bo‘ladi. U taxminan 25 foizga kichrayadi. Natijada uning eni 20 mm dan 15 mm atrofida bo‘ladi.

Yangi modellarda qalinlik ham biroz oshadi. Kamera blokini hisobga olganda qurilma qalinligi 11,54 mm bo‘ladi. Linzalar bilan esa bu ko‘rsatkich 13,77 mm gacha yetishi mumkin.

Max Tech tahlilchilari bu o‘zgarishlar kattaroq kamera sensorlari yoki yaxshilangan optik zum bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Apple so‘nggi yillarda kameralarni bosqichma-bosqich yaxshilab kelmoqda.

Kutilishicha, iPhone 18 Pro seriyasi 2026-yil oxirida taqdim etiladi. Shu bilan birga, kompaniya birinchi bukiladigan iPhone modelini ham namoyish qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasida bosh direktor o‘zgarishi haqida xabar berilgandi. Kompaniyaga ko‘ra, 2011-yildan beri CEO bo‘lib kelayotgan Tim Kuk 1 sentabrdan lavozimni topshiradi.

Uning o‘rniga apparat muhandisligi bo‘yicha katta vitse-prezident Jon Ternus tayinlanadi. Kuk esa kompaniyada ijrochi direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek