Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi

28-aprel 2026 11:01 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochildi
Rasm SI yordamida yaratilgan

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt modeli uchun shartnomalarni 28-aprel soat 10:00 dan boshlab qayta ochdi. Shartnomalarni avtosalonlarda va onlayn tarzda uzavtosavdo.uz tizimi orqali ham rasmiylashtirish mumkin.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu safar tizim barqaror ishlamoqda va shartnoma olish jarayoni bir necha bosqichda tez amalga oshirilmoqda. To‘lov esa 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak.

Foto: uzavtosavdo.uz saytidan ekran tasviri

Bu galgi savdoda faqat MCM paketli Cobalt versiyalari taklif qilinmoqda. Eng ommabop variantlardan biri – Chevrolet Cobalt Style MCM bo‘lib, uning narxi 156,1 mln so‘m etib belgilangan. Ushbu model yangilangan texnik va qulaylik funksiyalari bilan ajralib turadi.

Model haqida

Cobalt Style MCM yangi avlod asboblar paneli bilan jihozlangan. Avtomobilda o‘rindiqlarni isitish funksiyasi mavjud. Shuningdek, kruiz-kontrol tizimi haydovchiga uzoq safarlarda qulaylik yaratadi. Multirul orqali asosiy funksiyalarni boshqarish mumkin.

Foto: Autostrada

Avtomobil multimedia tizimi Android Auto va Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa smartfon bilan integratsiyani osonlashtiradi. Dvigatel faza aylantirgichlar bilan jihozlangan bo‘lib, Euro-5 ekologik standartiga mos keladi. Bu yonilg‘i samaradorligi va ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi.

Yana bir variant – Chevrolet Cobalt Midnight MCM bo‘lib, u 165,2 mln so‘m narxda taklif qilinmoqda. Ushbu model dizayn jihatdan qora uslub bilan ajralib turadi. Unda qora disklar, qora oynaklar va qoraytirilgan faralar mavjud.

Foto: Chevrolet

Midnight MCM versiyasida salon ham qora rangda ishlangan. O‘rindiqlar eko-teri bilan qoplangan. Yuqoridagi barcha qulayliklar, jumladan, o‘rindiq isitish, kruiz-kontrol, multirul va zamonaviy multimedia tizimi ushbu modelda ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek