Nio Onvo L80 avtomobili sotuvga chiqmoqda

29-aprel 2026 08:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Nio Onvo L80 avtomobili sotuvga chiqmoqda
Foto: Onvo

Nio kompaniyasining Onvo sub-brendi yangi Nio Onvo L80 elektromobilini taqdim etdi. Model Xitoy bozorida oldindan buyurtma uchun ochildi, deb xabar bermoqda CarNewsChina.

Modelning narxi 245,8 ming yuan ($35,6 ming)dan boshlanadi. BaaS tizimi bilan esa narx 159,8 ming yuan ($23,2 ming)ni tashkil qiladi. Yangi avtomobil 15-may kuni rasman sotuvga chiqadi. Test haydovlari esa 1-maydan boshlanishi rejalashtirilgan.

Onvo L80 dizayni zamonaviy va kuchli ko‘rinishga ega. Model oltita rangda taqdim etiladi. Salon esa yuqori darajadagi materiallar bilan bezatilgan bo‘lib, unda 17,2 dyuymli markaziy ekran va to‘rtta displeyli tizim mavjud.

Foto: Onvo

Avtomobil ikki qator o‘rindiqqa ega bo‘lib, asosiy e’tibor keng yukxona va qulaylikka qaratilgan. Bagaj hajmi odatda 1 200 litrni tashkil qiladi. Orqa o‘rindiqlar bukilganda esa 2 600 litrgacha yetadi. Old bagaj bilan birga umumiy sig‘im 2 840 litrga chiqadi.

Model ichida 30 litrlik sovitkich ham mavjud. U -18 dan +10 darajagacha haroratni ushlab turadi va masofadan boshqariladi. Texnik jihatdan Onvo L80 ikki xil versiyada taqdim etiladi. Bir motorli variant 340 kVt quvvatga ega bo‘lib, 0 dan 100 km/soatgacha 5,9 soniyada tezlashadi. Ikki motorli versiya esa 440 kVt quvvat beradi.

Foto: Onvo

Barcha versiyalar 85 kVt/soat batareya bilan jihozlangan. Bir motorli model 605 km, ikki motorli esa 570 km masofani bosib o‘ta oladi. 600 kVt tezkor zaryadlash yordamida 5 daqiqada 250 km yo‘l uchun energiya to‘plash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nio ES9 avtomobilining narxi haqida yozgan edi.

Shuningdek