
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 2027-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi «B» guruhidan joy oldi.
O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichida Iordaniya milliy futbol terma jamoasi, Bahrayn milliy futbol terma jamoasi hamda KXDR milliy futbol terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Guruhdagi eng murakkab raqib sifatida Iordaniyani ko‘rsatilmoqda. Ushbu jamoa 2024-yilda Qatarda o‘tgan Osiyo kubogida finalgacha yetib borgandi. O‘zbekiston esa o‘sha musobaqada chorak finalda keyinchalik chempion bo‘lgan Qatar terma jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.

Turnirda jami 24 ta jamoa oltita guruhga bo‘lingan. «A» guruhidan mezbon Saudiya Arabistoni o‘rin olgan bo‘lsa, «F» guruhida amaldagi chempion Qatar Yaponiya bilan bir guruhdan joy oldi.
2027-yilgi AFC Asian Cup 2027 7-yanvardan 5-fevralgacha davom etadi. Musobaqa o‘yinlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Dammam shaharlaridagi sakkizta stadionda tashkil etiladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlangani haqida yozgandi.