O‘zbekiston U-17 termasi Hindistonni yengib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

11-may 2026 09:46 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston U-17 futbol terma jamoasi Hindiston ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

U-17 Osiyo kubogi doirasidagi uchrashuvda Laziz Abduraimov 32-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada hindistonliklar o‘z darvozasiga avtogol kiritdi. Uchrashuvning 79-daqiqasida Ahrorbek Ravshanbekov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi va yakuniy natijani o‘rnatdi (3:0).

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

2026-yilgi U-17 Jahon chempionati 19-noyabrdan 13-dekabrgacha Qatarning Doha shahridagi «Aspire Zone» sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda jami 48 ta davlat terma jamoalari qatnashadi. FIFA qaroriga binoan, ushbu turnir 2025-yildan boshlab har yili o‘tkazilmoqda.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Osiyo chempioni O‘zbekiston hisoblanadi. Islom Ismoilov shogirdlari avvalgi qit’a birinchiligi finalida Saudiya Arabistonini ikki kishi kam bo‘lib o‘ynashiga qaramay, 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialga qura tashlash marosimi 2026-yilning 21-may kuni Syurixdagi FIFA shtab-kvartirasida o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston U-17 termasi Rivojlanish kubogida bronza medalini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek