Samsung One UI 9 tizimidagi asosiy yangiliklarni ochiqladi

13-may 2026 12:04 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung One UI 9 tizimidagi asosiy yangiliklarni ochiqladi
Rasm Grok SI

Samsung kompaniyasi One UI 9 tizimidagi yangi funksiyalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ma’lumotga ko‘ra, yangilanish interfeys, xavfsizlik va qulaylik borasida bir qator o‘zgarishlarni olib keladi.

Samsung Notes ilovasida endi yozuvlarni bezash uchun dekorativ lentalar va ruchka uslublarining yangi variantlari paydo bo‘ladi. «Kontaktlar» ilovasida esa Creative Studio’ga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish imkoniyati qo‘shiladi. Bu foydalanuvchilarga boshqa dasturga o‘tmasdan profil kartalarini yaratishga yordam beradi.

Tezkor sozlamalar paneli ham yangilanadi. Endi foydalanuvchilar yorqinlik, ovoz va media pleer bloklarini alohida sozlashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bloklarning o‘lchamini ham o‘zgartirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kompaniya maxsus imkoniyatlar funksiyalarini ham yaxshiladi. Mouse Key orqali kursor boshqaruvi yanada moslashuvchan bo‘ladi. TalkBack tizimi esa Google va Samsung funksiyalarini birlashtiradi.

One UI 9’da Text Spotlight nomli yangi funksiya ham paydo bo‘ladi. U matn o‘qishni yengillashtiradi. Tanlangan matn kattaroq yoki aniqroq ko‘rinishda alohida oynada chiqariladi.

Samsung xavfsizlik tizimini ham kuchaytirdi. Endi tizim xavfli ilovalar haqida ogohlantiradi, ularni o‘rnatish yoki ishga tushirishni bloklaydi hamda kerak bo‘lsa o‘chirishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga bergandi. Dua Lipa $15 mlnlik da’vo arizasi kiritgan. Uning ta’kidlashicha, Samsung kompaniyasi o‘z mahsulotlarini targ‘ib qilish va sotish maqsadida uning muvaffaqiyatidan noqonuniy foydalangan. Xonanda o‘z suratining mualliflik huquqi, savdo belgisi huquqi buzilganligi va uning qiyofasini noqonuniy o‘zlashtirgani uchun tovon puli talab qilmoqda.

Shuningdek