Toyota RAV4 asosida kuchli pikap ishlab chiqarishi mumkin

18-may 2026 08:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Toyota RAV4 asosida kuchli pikap ishlab chiqarishi mumkin
Foto: Toyota

Toyota RAV4 bazasida ixcham pikap ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunday model AQSh bozorida mashhur bo‘lgan Ford Maverick’ka raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi bo‘linmasi rahbariyati RAV4 asosidagi pikap istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rilayotganini bildirgan. Toyota dilerlari ham bunday model paydo bo‘lishini kutmoqda. Ixcham pikaplar segmentiga qiziqish Ford Maverick muvaffaqiyati bilan bog‘liq. Ushbu model AQShda bir yil ichida 155 mingdan ortiq dona sotilgan.

Maverick savdosi hatto undan yirikroq Ford Ranger ko‘rsatkichlaridan ham yuqori bo‘lgan. Shu sababli boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ushbu segmentga e’tibor qaratmoqda.

Biroq hozircha raqobatchilar Ford Maverick muvaffaqiyatini takrorlay olgani yo‘q. Masalan, Hyundai Santa Cruz savdosi ancha sust kechmoqda va model bozorni kutilganidan ertaroq tark etishi mumkin. Agar Toyota yangi ixcham pikapni ishlab chiqarsa, u RAV4’dan olingan gibrid kuch qurilmasiga ega bo‘lishi ehtimoli bor.

Hozirgi RAV4’ning bazaviy o‘zini quvvatlovchi gibrid versiyasi 236 ot kuchigacha quvvat beradi. Plug-in gibrid versiya esa 324 ot kuchigacha quvvat ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, plug-in gibrid RAV4 elektr rejimida 84 kmgacha masofa bosib o‘ta oladi. Shu jihatlar kelajakdagi RAV4-pikapni Ford Maverick’ka nisbatan kuchliroq va tejamkorroq qilishi mumkin.

Hozircha Toyota bunday model qachon taqdim etilishini ma’lum qilmagan. Kompaniyada loyiha ustida ishlash vaqt talab qilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Toyota va CATL Indoneziyada batareya ishlab chiqarishi haqida yozgan edi.

Shuningdek