Chevrolet Cobalt avtomobillari foizsiz muddatli to‘lovga chiqarildi — olish tartibi qanday

20-may 2026 16:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt avtomobillari foizsiz muddatli to‘lovga chiqarildi — olish tartibi qanday
Rasm SI yordamida yaratilgan

UzAuto Motors’ning ayrim dilerlari Chevrolet Cobalt avtomobillarini foizsiz muddatli to‘lov asosida taklif qila boshladi. Bu haqda Autostrada nashri xabar bermoqda.

«Kursiv» bilan suhbatda bo‘lgan bir nechta diler xodimlari bu xabarlarni tasdiqladi. Ular mijozlarga muddatli to‘lov asosida xizmat ko‘rsatilayotganini qayd etdi. Ayrim dilerda esa hali bu xarid imkoniyati ochilmagan.

Dilerlar taqdim etgan shartlarga ko‘ra, xarid jarayonida foiz, penya va jarimalar qo‘llanmaydi. Buning o‘rniga avtomobil narxiga belgilangan savdo ustamasi qo‘shiladi. Muddatli to‘lov halol moliyalashtirish modeli asosida bank orqali rasmiylashtiriladi. Bunda an’anaviy foiz stavkasi belgilanmaydi, balki qarz summasiga oldindan ma’lum savdo ustamasi qo‘shiladi.

Manba: Autostrada

Chevrolet Cobalt uchun dastlabki to‘lov 30 foiz yoki 50 foiz etib belgilangan. Muddatli to‘lov muddati esa 18, 24 yoki 36 oyni tashkil etadi. Ustama miqdori dastlabki to‘lov va muddatga qarab o‘zgaradi. Eng arzon variantda, ya’ni 50 foiz boshlang‘ich to‘lov va 18 oylik muddatda, ustama qarz summasining 17,4 foizini tashkil qiladi.

Eng qimmat variantda esa 30 foiz boshlang‘ich to‘lov va 36 oylik muddat tanlanganda ustama 42,6 foizgacha yetadi. Bunday holatda umumiy ortiqcha to‘lov qariyb 50 mln so‘m bo‘lishi mumkin. Masalan, Chevrolet Cobalt Midnight MCM narxi 165,2 mln so‘m etib ko‘rsatilgan. Agar xaridor 30 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 36 oylik muddatni tanlasa, oylik to‘lov 4,58 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Umumiy to‘lov esa 214,4 mln so‘mga yetadi.

Manba: Autostrada

Style MCM komplektatsiyasi 156,1 mln so‘mdan taklif qilinmoqda. Ushbu modelda ham eng uzun muddat va 30 foizlik boshlang‘ich to‘lov tanlanganda umumiy to‘lov 202,6 mln so‘mgacha yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Cobalt haqida maqola e’lon qilgan edi.

Shuningdek