GM iyunda Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni oshiradi

21-may 2026 09:31 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Chevrolet Tracker
Foto: Chevrolet

General Motors iyun oyida Chevrolet Tracker krossoveri ishlab chiqarishini oshirmoqchi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Ishlab chiqarish hajmi asosan LS va 1RS versiyalari uchun ko‘paytiriladi. Bu modellar Tracker liniyasidagi eng arzon komplektatsiyalar hisoblanadi.

Chevrolet Tracker hozir AQSh bozoridagi nisbatan arzon yangi avtomobillardan biri. LS narxi $23,5 mingdan boshlanadi. 1RS va LT versiyalari $25 mingdan, 2RS va Activ esa $27,2 mingdan taklif qilinadi.

Hozir AQSh dilerlarida va yetkazib berish jarayonida jami 31,6 mingta Chevrolet Tracker bor. Shundan 2,8 mingtasi LS, 2,9 mingtasi esa 1RS versiyasiga to‘g‘ri keladi.

Eng ko‘p taklif LT versiyasida kuzatilmoqda. Uning soni 11,4 mingtani tashkil etadi. 2RS versiyasidan 8,2 mingta, Activ versiyasidan esa 6,3 mingta mavjud.

Arzon versiyalar ishlab chiqarilishini oshirish bozordagi vaziyat bilan bog‘liq. AQShda yangi avtomobillar narxi oshgani sababli arzon modellarga talab kuchaygan.

Cox Automotive ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda yangi avtomobilning o‘rtacha xarid narxi qariyb $50 mingga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Tracker 2027 qanday o‘zgarishlar bilan taqdim etilishi haqida ma’lumot berilgandi. Kompaniya yangi Tracker xaridorlar uchun eng muhim yo‘nalishlar, ya’ni xavfsizlik, qulaylik va ulanish imkoniyatlari bo‘yicha takomillashtirilganini ma’lum qildi.

Shuningdek