
Turkiyaning «Yerosti» («Yeraltı») seriali 2026-yilning e’tiborli loyihalaridan biri bo‘ldi. Unda qasos, muhabbat, jinoyat olami va sadoqat mavzulari bir hikoya ichida ochib beriladi. Serial NOW telekanalida namoyish etildi. 20-may kuni uning 16-qismi mavsum finali sifatida efirga uzatildi.
Ushbu maqoladan quyidagilarni bilib olishingiz mumkin:
«Yerosti» («Yeraltı») ilk efir va hozirgi qism
Nega serial tomoshabinlar e’tiborini tortdi
Serial haqida umumiy ma’lumot
«Yerostı» 2026-yilda ekran yuzini ko‘rgan turk seriali. Loyiha aksion, kriminal va drama janrlariga kiradi. Serial Medyapım tomonidan suratga olingan. Rejissyor Murat Öztürk, ssenariy muallifi esa Berna Aruz hisoblanadi. Rasmiy NOW sahifasida serial kuchli drama sifatida ta’riflanadi. Unda faqat keskin voqealar emas, balki muhabbat hikoyasi ham asosiy o‘rinda turadi.
Serialning bosh qahramoni Haydar Ali Aslan. U oilasi bilan bog‘liq og‘ir voqeadan keyin qamoqqa tushadi. Qamoqda u Turkiyadagi xavfli yerosti guruhlaridan biri bilan to‘qnashadi. Uch yil o‘tib ozodlikka chiqqanida esa uni yana ham murakkab hayot kutadi. Chunki u hali ham unutolmagan ayol endi unga eng yaqin odamlardan birining turmush o‘rtog‘i bo‘lib chiqqan.
«Yerosti» («Yeraltı») ilk efir va hozirgi qism
Ushbu serialning ilk qismi 2026-yil 28-yanvarda namoyish etildi. Serial 1-mavsumi 16 qismdan iborat. NOW sahifasida 16-qism mavsum finali sifatida 20-may, chorshanba kuni soat 20:00 da efirga uzatildi.
Mazkur serial o‘zbek o‘quvchilari uchun ham turli platformalar tomonidan tarjima qilingan.
16-qismda Haydar Ali va Kartal o‘rtasidagi qarama-qarshilik muhim burilish nuqtasiga aylanadi. Bozo esa Jeylan bilan yangi hayot qurish istagida bo‘lsa-da, atrofidagi odamlar uchun yangi rejalar tuza boshlaydi. Azize tomoni bilan bog‘liq qarorlar ham voqealarni yangi bosqichga olib chiqadi.
Serial nima haqida
«Yerosti» («Yeraltı») markazida Haydar Ali Aslanning hayoti turadi. U adolat, sadoqat va oilaviy qadriyatlarni muhim deb biladigan qahramon sifatida tasvirlanadi. Haydar Ali yaqinlari bilan bog‘liq fojiadan keyin keskin qaror qabul qiladi va buning oqibatida qamoqqa tushadi.
Qamoqdagi yillar uning hayotini butunlay o‘zgartiradi. U yerosti olamidagi kuchli guruhlar, xavfli kelishuvlar va murakkab munosabatlar bilan yuzlashadi. Ozodlikka chiqqanidan keyin esa eski muhabbati Jeylan bilan bog‘liq og‘ir haqiqatni biladi.
Serialda shaxsiy qasos, eski muhabbat, oila ichidagi sadoqat, jinoyat olamidagi kuch kurashi va ishonch masalalari asosiy mavzular sifatida ko‘rsatiladi. Shu jihatdan serial oddiy kriminal voqealar ketma-ketligi emas, balki qahramonlarning ichki tanlovi va munosabatlari haqida ham hikoya qiladi.
Asosiy aktyorlar va rollar
Serialda asosiy rollardan Haydar Ali Aslan rolida Deniz Jan Aktash, Uraz Kaygılaroğlu Bozkurt Hanoğlu rolida, ya’ni Bozo obrazida, Devrim Özkan esa Halide Jeylan sifatida ko‘rinish bergan.
Shuningdek, Sümeyye Aydoğan Sultan Hanoğlu, Mehmet Yılmaz Ak Yılmaz Doğan, Burak Sevinç Merdan Hanoğlu, Ülkü Hilal Çiftçi Melek Aslan, Ekin Mert Daymaz Ferhat Hanoğlu obrazlarini ijro etadi. Rollar orasida Hülya Gülşen, Koray Şahinbaş, Emir Benderlioğlu, Hakan Çelebi va Nilay Erdönmez kabi aktyorlar ham bor.
Nega serial tomoshabinlar e’tiborini tortdi
«Yerosti» («Yeraltı») bir nechta omil sabab muhokama qilinmoqda. Birinchidan, serialda Deniz Jan Aktaş, Uraz Kaygılaroğlu va Devrim Özkan kabi taniqli aktyorlar jamlangan. Ikkinchidan, hikoya faqat jinoyat olami haqida emas, balki sevgi, xiyonat, oila va sadoqat mavzularini ham o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, serial haftalik efir formatida berilgani uchun har bir qismdan keyin keyingi voqealar atrofida muhokamalar kuchayadi. 16-qismning mavsum finali sifatida berilishi esa tomoshabinlarda ikkinchi mavsumga oid qiziqishni oshirdi.
Serial qismlari
1-qism: Haydar Alining hikoyasi
Bu qismda tomoshabin Haydar Ali bilan tanishadi. Serial boshi uning Jeylanni qo‘lini so‘rashi bilan boshlanadi va qahramon uning darhol xorijga chiqib ketishini istaydi. Uning hayoti, oilasi va ichki ziddiyatlari ko‘rsatiladi. Voqealar tezda keskinlashadi va qahramonning keyingi taqdirini belgilaydigan hodisalar yuz beradi. Birinchi qism serialning asosiy kayfiyatini belgilab beradi: bu oddiy sevgi hikoyasi emas, balki qasos va yo‘qotishlar haqida drama ekanini ko‘rsatadi.
2-qism: eski dushmanlar va yangi xavflar
Ikkinchi qismda Haydar Ali atrofidagi bosim kuchayadi. Uning o‘tmishi va buguni bir-biriga ulanadi. Qahramon kimga ishonish mumkinligini, kim esa unga qarshi turishini anglashga harakat qiladi. Bu qismda serialdagi asosiy kuchlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik aniqroq ko‘rina boshlaydi.
3-qism: yaqinlashayotgan urush belgisi
Uchinchi qismda Hamburglu taklifi oila ichida ochiq muhokama qilinadi. Bozo esa «yerostidan keladigan ishora»ni kutadi. Bu holat yaqinlashayotgan to‘qnashuv faqat tashqi xavf emasligini ko‘rsatadi. Jeylan va Bozo o‘rtasida ishonch masalasi og‘irlashadi. Sultan bilan Haydar Ali o‘rtasidagi kutilmagan kelishuv esa ikki oilaning taqdiriga ta’sir qiladigan yangi burilish yasaydi.
4-qism: urush ochiq e’lon qilinadi
To‘rtinchi qismda yerosti olamidagi qarama-qarshilik yanada ochiq tus oladi. Bozo hibsda bo‘lgan paytda oila ichida yetakchilik uchun kurash kuchayadi. Merdan o‘z rejasini boshlaydi, Haydar Ali esa vaziyatni qo‘lga olishga urinadi. Bozo yuborgan maxfiy xabar esa xiyonatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rt ismni o‘rtaga chiqaradi. Jeylan va Gülsümning Azizega qarshi ochiq chiqishi voqealarni yanada keskinlashtiradi.
5-qism: Bozo kutilmagan qaror qiladi
Beshinchi qismda Bozo Haydar Ali uchun o‘zini xavf ostiga qo‘yadi. Bu voqea yerosti olamidagi odatiy kuch muvozanatini buzadi. Janer qo‘lga olinadi, Zafer esa voqealar markaziga chaqiriladi. Haydar Ali Bozoga nisbatan qarz va vijdon o‘rtasida qoladi. Jeylan esa Bozoning bu harakati ortida qanday sabab borligini tushunishga harakat qiladi.
6-qism: Pasha atrofidagi inqiroz
Oltinchi qismda Pashaga otilgan o‘q butun oilani larzaga soladi. Kasalxona yo‘laklarida qo‘rquv va umid birga kechadi. Bozoning sovuqqon munosabati esa atrofdagilarni hayratda qoldiradi. Haydar Ali Pashaning yolg‘iz harakat qilmaganini o‘ylaydi va haqiqat izidan boradi. Tuzladagi otishma esa voqeani yangi hisob-kitob bosqichiga olib chiqadi.
7-qism: sirlar xavfga aylanadi
Yettinchi qismda Bozo qarorlari yerosti olamida yangi tartib o‘rnatadi. Ammo bu tartib mo‘rt va vaqtinchalik ko‘rinadi. Azize tomoni ham katta hisoblashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgani seziladi. Hamburglu qo‘liga tushgan sir Jeylan va Haydar Ali o‘tmishini ochib yuborishi mumkin. Yevropadan kelgan kutilmagan xabar esa yangi xavf boshlanishidan darak beradi.
8-qism: oila va zaiflik sinovi
Sakkizinchi qismda Bozo o‘zining eng nozik nuqtalarini ochiq ko‘rsatadi. U uchun oila va sadoqat oddiy qadriyat emas, himoya qilinishi kerak bo‘lgan chegara sifatida ko‘rinadi. Sultan va Haydar Ali o‘rtasida eski hislar yana yuzaga chiqadi. Pınarning Jeylanga aytgan gapi Pasha va oilaning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin. Bozo esa Azizega ochiq javob qaytarib, urush muqarrar ekanini bildiradi.
9-qism: Jeylanning ketishi hammani o‘zgartiradi
To‘qqizinchi qismda Jeylanning uydan ketishi Bozo uchun og‘ir zarbaga aylanadi. Jeylan Sultan uyiga borgach, Haydar Ali bilan eski tuyg‘ular yana yuzaga chiqadi. Sultan va Haydar Ali o‘rtasidagi yaqinlik esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Pasha Pınarning homiladorligi sabab og‘ir tanlov qarshisida qoladi. Azize esa chekingandek ko‘rinsa-da, aslida yangi yurishga tayyorlanadi.
10-qism: Bozo va Haydar Ali yuzma-yuz keladi
O‘ninchi qismda Bozo va Haydar Ali o‘rtasidagi ziddiyat ochiq to‘qnashuvga aylanadi. Qahramonlar ichida yig‘ilib qolgan g‘azab portlaydi. Biroq bu qarama-qarshilik ularni butunlay ajratmaydi, aksincha munosabatlarni boshqa bosqichga olib chiqadi. Jeylan tomonda esa hissiy bosim kuchayadi. Pasha atrofidagi voqealar va Azizega qarshi tahdidlar yerosti olamida yangi o‘yin boshlanishini ko‘rsatadi.
11-qism: Kartal sahnaga chiqadi
O‘n birinchi qismda Pasha boshidan kechirgan yo‘qotish hammani og‘ir holatga soladi. Bozo va Jeylan uni hayotga qaytarishga urinadi. Jeylan o‘z hislarini bosib turishga harakat qilsa-da, qalbi boshqa yoqqa tortadi. Sultan va Haydar Ali o‘rtasida nozik muvozanat shakllanadi. Azize tomonida esa Yevropadan kelgan yangi kuch, ya’ni Kartal voqealar yo‘nalishini o‘zgartiradi.
12-qism: uzuk eski sirlarni ochadi
O‘n ikkinchi qismda Sultan Jeylan qarshisiga uzuk bilan chiqadi. Bu voqea Jeylanni kutilmagan holatda qoldiradi va yangi yolg‘onga yo‘l ochadi. Jeylan Haydar Ali bilan keskin suhbatga kirishadi. Sultan va Haydar Ali o‘rtasidagi yaqinlik esa vaziyatni yanada noziklashtiradi. Bu paytda Hamit tomoni va Bozoning buyrug‘i ochiq to‘qnashuvni boshlab yuboradi.
13-qism: portlash hamma narsani o‘zgartiradi
O‘n uchinchi qismda Bozo oilani jamlaydi. Tashqaridan bu oddiy yig‘in kabi ko‘rinsa-da, ortida katta reja borligi seziladi. Kartalning yashirin tuzog‘i kutilmaganda ishga tushadi va portlash yerosti olamidagi muvozanatni buzadi. Haydar Ali ukasining hayoti uchun kurashayotganini ko‘rib, o‘z qarorlari bilan yuzlashadi. Jeylan esa Haydar Ali va Bozo o‘rtasidagi hissiy tanlovlar bosimida qoladi.
14-qism: sirlar ichki urushga aylanadi
O‘n to‘rtinchi qismda Bozoning Haydar Aliga aytgan gaplari ular orasidagi kuch muvozanatini silkitadi. Haydar Alining qarorlari Bozoda yangi savollar uyg‘otadi. Jeylanning yolg‘oni esa kutilmagan joydan yorila boshlaydi. Melek Jeylanning telefonida muhim tafsilotni ko‘rib qoladi. Kartal tomonida esa urush yangi bosqichga o‘tadi va har bir sir umumiy xavfga aylanadi.
15-qism: Jeylan o‘g‘irlab ketiladi
O‘n beshinchi qismda Kartal Jeylanni o‘g‘irlab ketadi. Bu voqea Bozoni eng og‘ir tanlovlardan biriga olib keladi. Haydar Ali esa qurolsiz va yolg‘iz holda Jeylanni qutqarish uchun xavfli yo‘lga chiqadi. Tog‘dagi uyda Jeylan va Haydar Ali o‘rtasida yillar davomida yashirilgan haqiqatlar ochiladi. Jeylan Bozo bilan turmush qurish sababi va razvedka bilan kelishuvi haqida gapiradi.
16-qism: Haydar Ali yo‘l ayrimida
O‘n oltinchi qism mavsum finali sifatida beriladi. Unda Haydar Ali Kartal bilan yuzma-yuz keladi. Bu qarama-qarshilik yerosti olamidagi barcha muvozanatlarni o‘zgartiradigan burilish bo‘ladi. Bozoning Haydar Aliga qarshi rejalari yangi bosqichga o‘tadi. Jeylan Haydar Ali ketishga chindan ham tayyorligini sezadi, lekin buni qabul qilishga qiynaladi. Finalda Haydar Ali oldida yangi yo‘l ochiladi, ammo bu yo‘l uni kuchga olib boradimi yoki qorong‘ilikka tortadimi, noma’lum qoladi.