«Uzoq shahar»ning 2-mavsum finali qanday yakunlanadi

31-may 2026 17:55 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
«Uzoq shahar»ning 2-mavsum finali qanday yakunlanadi
Foto: Kanal D

Turkiyaning mashhur «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») seriali 63-qismi bilan 2-mavsum finaliga chiqadi. Kanal D ma’lumotiga ko‘ra, oxirgi qism 1-iyun kuni efirga uzatiladi. Unda Alya va Jihan to‘yi atrofidagi voqealar asosiy mavzuga aylanadi.

Mavsum davomida ko‘p sinovlardan o‘tgan juftlik nihoyat munosabatlarini rasmiylashtirishga tayyorlanadi. Biroq to‘y kuni kutilmagan voqealar yuz beradi.

Tizer videoga ko‘ra, Boranning yangi rejasi barcha muvozanatni o‘zgartiradi. U Meryem yashirib kelgan sirni Jihanga qarshi qurol sifatida ishlatmoqchi bo‘ladi.

Bu holat Alyani og‘ir tanlov oldida qoldiradi. U sevgan insonining kelajagi va o‘z qalbidagi og‘riqlar orasida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi.

Final qismida to‘y quvonchi keskin voqealar bilan almashishi kutilmoqda. Treylerda bayram kayfiyatining birdaniga xavotir va tartibsizlikka aylanishi ko‘rsatilgan.

Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda mavsum finalida katta yo‘qotish yoki kutilmagan ajralish bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

«Uzoq shahar» («Uzak Şehir») serialining 2-fasl oxirgi 63-qismi 1-iyun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da «Kanal D» telekanalida namoyish etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning «Yerosti» («Yeraltı») seriali haqida ma’lumot berilgandi. Unda qasos, muhabbat, jinoyat olami va sadoqat mavzulari bir hikoya ichida ochib beriladi. Serial NOW telekanalida namoyish etildi. 20-may kuni uning 16-qismi mavsum finali sifatida efirga uzatildi.

Shuningdek