OnePlus Turbo 6X smartfoni qanday xususiyatlar bilan chiqadi

4-iyun 2026 12:54 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus Turbo 6X smartfoni qanday xususiyatlar bilan chiqadi
Foto: Gizmochina

OnePlus kompaniyasi tomonidan yangi OnePlus Turbo 6X smartfoni iyun oyi o‘rtalarida taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Qurilma Xitoy bozorida 18-iyungacha namoyish qilinishi kutilmoqda. OnePlus Turbo 6X 6,72 dyuymli Full HD+ LCD ekranga ega bo‘ladi. Displey 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon MediaTek Dimensity 7300 protsessori asosida ishlaydi. Uning asosiy kamerasi 50 MP bo‘ladi. Shuningdek, qurilmada 2 MP qo‘shimcha kamera va 8 MP old kamera o‘rnatiladi. Selfi kamerasi oddiy kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Turbo 6X 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. U 45 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon plastik korpusga ega bo‘ladi. Barmoq izi skaneri yon tomonga joylashtiriladi. Qurilma IP64 darajasidagi chang va suv sachrashidan himoya olishi mumkin. Uning vazni 208 gramm bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq OnePlus Turbo 6X Pro haqida ham ma’lumotlar tarqalgan edi. U 1,5K OLED ekran va 8000 mA/soat akkumulyator olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» OnePlus va Realme birlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek