Fabio Kannavaro JCh – 2026 dagi eng yuqori maosh oladigan murabbiylar beshligiga kirdi

10-iyun 2026 17:10 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Ronald Kuman va Fabio Kannavaro / Foto: O‘FA

Finance Football portali 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalar bosh murabbiylarining yillik maoshlari reytingini e’lon qildi, unda Fabio Kannavaro yuqori o‘rinlardan birini band etdi.

Rasm SI yordamida yaratilgan

O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro yillik 4 mln yevro maosh bilan ro‘yxatning 5 va 6-o‘rinlarini Portugaliya bosh murabbiyi Roberto Martines bilan bo‘lishib turibdi. Italiyalik mutaxassis bu borada Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham (3,8 mln yevro) va Niderlandiya bosh murabbiyi Ronald Kuman (3 mln yevro) kabi taniqli mutaxassislarni ortda qoldirgan.

Foto: financefootball.com

Reyting peshqadami Braziliya milliy terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti bo‘lib, uning yillik maoshi 10 mln yevroni tashkil etadi. Kuchli uchlikdan Yulian Nagelsmann (Germaniya, 7 mln yevro) va Maurisio Pochettino (AQSh, 6 mln yevro) joy olgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 5,8 mln yevro maosh bilan to‘rtinchi pog‘onani band etgan.

Avvalroq Kursiv nashri Jaloliddin Masharipovning holati yuzasidan rasmiy bayonot berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek