Futbol bo‘yicha Jahon chempionati taqvimi

12-iyun 2026 09:36 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
JCh-2026 taqvimi: ilk bor O‘zbekiston va 48 jamoa
Foto: Getty Images

11-iyundan 12-iyunga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining ilk bahsi start oladi. Turnirning birinchi uchrashuvida Meksika terma jamoasi afsonaviy «Asteka» stadionida Janubiy Afrika Respublikasini qabul qiladi. Kursiv Uzbekistan nashri tomonidan O‘zbekiston ham qatnashayotgan JCh – 2026 taqvimi taqdim etiladi.

Taqvimda guruh boshchiqlaridagi barcha uchrashuvlar keltirilgan.

Kursiv Uzbekistan

Ilk o‘yin bo‘lib o‘tadigan «Asteka» stadioni jahon futboli tarixidagi eng mashhur arenalardan biri hisoblanadi. Aynan shu stadionda 1986-yilgi mundialda Diego Maradona Angliyaga qarshi afsonaviy o‘yinini o‘tkazgan.

Taqvimda 12 guruhdagi barcha uchrashuvlar keltirilgan. O‘zbekiston uchun turnirning dastlabki o‘yini Toshkent vaqti bilan 18-iyun kuni soat 07:00 da boshlanadi. Raqib — Janubiy Amerikaning kuchli vakillaridan biri Kolumbiya terma jamoasi. Ushbu bahs O‘zbekistonning jahon chempionatidagi tarixiy debyuti bo‘lishi bilan ham alohida ahamiyatga ega.

Ikkinchi turda O‘zbekiston eng kuchli raqiblardan biri — Portugaliya bilan maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi. Portugaliya tarkibida jahon futbolining yulduzlari jamlangani sabab bu o‘yin guruhdagi eng katta e’tibor markazida bo‘lishi kutilmoqda.

Guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan tongda 04:30 da boshlanadi. Bu bahs pley-off yo‘llanmasi masalasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

To‘rt yillikning eng qizg‘in pallalarini «Kursiv»da o‘qing. Kuzating, obuna bo‘ling, ulashing.

Shuningdek