Mexikoda 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

11-iyun 2026 23:08 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

11-iyun kuni Meksika poytaxtidagi «Azteca» stadionida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatining ochilish marosimi o‘tkazildi va unda turnirning rasmiy taronalari ijro etildi.

Marosim Marko Balich rahbarligida sahnalashtirilgan bo‘lib, u Meksikaning an’anaviy «papel picado» qog‘oz san’ati va folkloriga bag‘ishlandi. Ochilishda Shakira hamda Burna Boy rasmiy Dai Dai qo‘shig‘ini kuyladi.

Video: Zo‘r TV

Shuningdek, Andrea Bochelli, EJAE, David Guetta va Megan Thee Stallion ishtirokida chempionatning rasmiy madhiyasi ijro etildi. Marosimda J Balvin, Ryan Kastro, Belinda kabi Lotin Amerikasi musiqasi vakillari qatnashdi.

Avvalroq Kursiv nashri Jaloliddin Masharipovning holati yuzasidan rasmiy bayonot berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek