Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilindi

16-iyun 2026 12:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet’ning mashhur avtomobiliga chegirma e’lon qilindi
Foto: Chevrolet

General Motors tomonidan AQSh bozorida Chevrolet’ning mashhur Chevrolet Traverse modeli uchun chegirma e’lon qilindi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Iyun oyida 2026-yilgi Chevrolet Traverse’ni GM Financial orqali moliyalashtirish sharti bilan 48 oygacha 2,9 foizlik yillik stavka asosida xarid qilish mumkin. 60 oylik muddat uchun esa 3,9 foizlik stavka taklif etilmoqda. Bu dastur avtomobilni to‘liq xarid qilishni rejalashtirayotgan mijozlar uchun mo‘ljallangan.

Lizing bo‘yicha ham bir nechta taklif mavjud. 2026-yilgi Traverse LT FWD versiyasi 24 oy muddatga oyiga $499 dan taklif qilinmoqda. Ushbu dastur yiliga 10 ming mil yurish limiti bilan beriladi. 2021-yil yoki undan yangi avtomobilni lizing asosida ishlatayotgan mijozlar uchun shartnoma imzolash vaqtida $5,2 ming to‘lov talab etiladi. Kafolat depoziti olinmaydi va taklif AQSh bo‘ylab amal qiladi.

Foto: Chevrolet

GM xodimlari va ularning tegishli oila a’zolari uchun alohida shartlar ham bor. Ular 2026-yilgi Traverse LT FWD modelini 24 oyga oyiga $489 dan lizingga olishlari mumkin. Bunda yiliga 10 ming mil yurish limiti saqlanadi, shartnoma imzolash vaqtida esa $3,8 ming to‘lov talab etiladi. Ushbu dastur ham amaldagi lizing mijozlari uchun mo‘ljallangan va mamlakat bo‘ylab amal qiladi.

Model haqida va narxlar

2026-yilgi Chevrolet Traverse’ning AQShdagi boshlang‘ich narxi LT komplektatsiyasi uchun $42,7 mingdan boshlanadi. Z71 versiyasi $50,8 ming, High Country $57 ming, RS esa $57,3 mingdan taklif qilinmoqda. Ushbu narxlarga $1,9 minglik yetkazib berish to‘lovi ham kiritilgan.

Foto: Chevrolet

2026-yilgi model avvalgi yilgi Traverse’dan katta farq qilmaydi, biroq ayrim yangilanishlarga ega. Jumladan, avtomobilga Key Card funksiyasi qo‘shilgan. Ushbu texnologiya haydovchiga an’anaviy kalit brelogisiz, maxsus karta yordamida avtomobilni ochish, yopish va ishga tushirish imkonini beradi. Bundan tashqari, modelga ikkita yangi kuzov rangi qo‘shilgan va Rear Camera Mirror funksiyasining mavjudlik doirasi kengaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt avtomobilida 100 ming kilometrdan keyin ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.

Shuningdek