JCh — 2026. Mbappening dubli Fransiyaga g‘alaba taqdim etdi

17-iyun 2026 02:04 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining «I» guruhi 1-turida Fransiya va Senegal terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda fransuzlar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘limda yuz berdi. Dastlab, 66-daqiqada Maykl Olisening aniq uzatmasidan so‘ng, jamoa yetakchisi Kilian Mbappe raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Garchi Senegal terma jamoasi hisobni tenglashtirish uchun bir qator xavfli hujumlarni tashkil etgan bo‘lsa-da, fransuzlar himoyada ishonchli harakat qildi. O‘yinning 82-daqiqasida esa Bredli Barkolya o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda muxlislar yana ikkita gol ko‘rdi. Dastlab Senegal Mbayening goli evaziga hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Mbappe dublni rasmiylashtirdi.

Ma’lumot o‘rnida, «I» guruhida ishtirok etayotgan jamoalarning 2-tur uchrashuvlarda Senegal Norvegiya bilan, Fransiya esa Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv nashri Urugvay Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek