iPhone 17 Pro narxi 1,1 ming dollardan pastladi

18-iyun 2026 16:50 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
iPhone 17 Pro Max sotib olganda o‘zgartirish kerak bo‘lgan 7 ta sozlama
Foto: Tom’s Guide

Rossiyada Apple iPhone 17 Pro smartfoni arzonlashishda davom etmoqda. Hi-Tech Mail ma’lumotlariga ko‘ra, iyun o‘rtalariga kelib 256 GB xotirali modelning chakana narxi o‘rtacha $1,1 mingga tushgan.

Yirik marketpleyslarda esa iPhone 17 Pro bo‘yicha takliflar $1,2 mingdan boshlanmoqda.

Taqqoslash uchun, may oyida ushbu model narxi hozirgidan qariyb $54,6 yuqori bo‘lgan. So‘nggi bir oyda smartfon taxminan 5 foizga, oxirgi yarim yilda esa 10 foizdan ko‘proqqa arzonlagan.

iPhone 17 Pro Rossiyada sotuvga chiqqan paytda narxlar $2,2 mingdan boshlangan edi. 2026-yil yanvariga kelib esa qurilmani $1,2 – $1,3 ming atrofida topish mumkin bo‘lgan.

iPhone 17 Pro 6,3 dyuymli Super Retina XDR OLED-displey, A19 Pro chipi va uchta 48 megapikselli kameraga ega.

Modelning asosiy jihatlari qatorida alyuminiydan tayyorlangan yaxlit metall korpus, yangilangan kamera bloki dizayni va bug‘ kamerali sovitish tizimi bor. Ushbu sovitish tizimi yuqori yuklama vaqtida qizib ketish muammosini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, smartfon kattaroq akkumulyator va 40 karra gibrid zumga ega yaxshilangan teleobyektiv bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Toshkentdagi «Malika» bozorida ham iPhone 17 modellari aksariyatining narxi fevral oyidagi qiymatlardan past bo‘lgandi. Agar fevral oyida 256 GB xotiraga ega iPhone 17 Pro $1,3 – 1,4 mingga sotilgan bo‘lsa, hozir uni taxminan $1250 ga sotib olish mumkin. Pasayish $50 dan $150 gacha bo‘lgan.

Shuningdek