90-yillar uslubi qaytmoqda: yozning eng trend yubkasi ma’lum bo‘ldi

18-iyun 2026 16:40 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
90-yillar uslubi qaytmoqda: yozning eng trend yubkasi ma’lum bo‘ldi
Foto: limestore.com

2026-yil yoz mavsumida moda olamida katta hajmli va ko‘zga tashlanadigan yubkalar o‘rnini sodda, ammo nafis modellar egallamoqda. Dizaynerlar bu safar 1990-yillar uslubidan ilhom olib, tizzadan past tushadigan to‘g‘ri bichimli yubkalarni mavsumning asosiy trendiga aylantirdi.

Unga ko‘ra, bugungi moda kundalik hayotga mos, qulay va uzoq muddat dolzarbligini saqlab qoladigan kiyimlarga e’tibor qaratmoqda. Shu sababli tizzadan past uzunlikdagi to‘g‘ri yubkalar yana mashhurlikka erishdi.

Yangi trenddagi yubkalar ko‘pincha minimalistik dizaynda bo‘lsa-da, ayrim modellarda pastki qismiga nafis to‘r bezaklari qo‘shilgan. Bu esa obrazga romantik va nozik ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Moda ekspertlari yuqori beldan ham asta-sekin voz kechilayotganini qayd etmoqda. Uning o‘rnini o‘rta yoki biroz pastroq bel chizig‘iga ega modellar egallamoqda. Bu uslub 1990-yillar modasini eslatsa-da, zamonaviy talqinda yanada muloyim va qulay ko‘rinishga ega.

Yubkani oddiy mayka, polo futbolka yoki keng ko‘ylak bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi. Obrazni sandallar, baletkalar yoki kichik poshnali shippaklar bilan to‘ldirish mumkin.

Mutaxassislar fikricha, ushbu yubkaning mashhurligi qisqa muddatli trend emas. Chunki zamonaviy moda tobora universallik va amaliylik tomon yo‘nalmoqda. Shu bois tizzadan past uzunlikdagi to‘g‘ri yubkalar bir necha mavsum davomida dolzarbligini saqlab qolishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda sochlar uchun trenddagi ranglar qaysilar ekani haqida yozgandi.

Shuningdek