
Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turida Shveysariya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinani 4:1 hisobida mag‘lub etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
O‘yinning 74-daqiqasida Joan Manzanbe hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada bosniyalik Tarik Muharemovich qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Ushbu ustunlikdan foydalangan Ruben Vargas 84-daqiqada hisobdagi farqni oshirdi.
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Joan Manzanbe o‘zining ikkinchi golini urib, dubl rasmiylashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 90+4-daqiqada bosniyalik Ermin Maxmich kuchli zarba bilan hisobni qisqartirdi. Biroq, 90+7-daqiqada Granit Jaka belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Turnirining «B» guruhi 3-tur doirasida har ikki jamoa24-iyun kuni navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Unda Shveysariya terma jamoasi Kanadaga, Bosniya va Gersegovina esa Katarga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq Kursiv nashri Chexiya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargani haqida xabar bergan edi.