Abduqodir Husanov jarohat olgan operatorga futbolka sovg‘a qildi

19-iyun 2026 11:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Abduqodir Husanov jarohat olgan operatorga futbolka sovg‘a qildi
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 18-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi JChdagi ilk o‘yindan so‘ng translyatsiya operatoriga imzosi tushirilgan maxsus futbolka sovg‘a qildi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Futbolchi bahs davomida to‘p uchun kurash epizodlaridan birida maydon chetida ishlayotgan operator bilan to‘qnashib ketgan edi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvdan keyin operatorning holidan xabar olingan. Husanov unga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini yo‘lladi.

Ekran tasviri / X

Shuningdek, FIFA ma’lumotlariga asoslangan statistikaga ko‘ra, Abduqodir Husanov Jahon chempionati 1-turida eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchilar qatoridan joy oldi. U 36,5 km/soat tezlik qayd etib, norvegiyalik Erling Holand bilan bir xil natija ko‘rsatgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning ilk o‘yini mag‘lubiyat bilan yakunlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek