GTA 6 uchun oldindan buyurtma 25-iyunda boshlanadi

19-iyun 2026 12:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
GTA 6 uchun oldindan buyurtma 25-iyunda boshlanadi
Foto: thegamepost.com/rockstar

Rockstar Games kompaniyasi Grand Theft Auto VI (GTA 6) uchun oldindan buyurtmalar 25-iyundan boshlanishini e’lon qildi. O‘yin PlayStation 5 hamda Xbox Series X/S konsollari uchun taqdim etiladi.

Shu bilan birga, studiya ilk bor GTA 6’ning jismoniy nusxalari muqovasida ishlatiladigan rasmiy artini ham namoyish qildi. Illyustratsiya GTA seriyasiga xos uslubda tayyorlangan bo‘lib, to‘qqizta alohida qismdan iborat. Unda bosh qahramonlar, avtomobillar, quvlash sahnalari va bo‘lajak kriminal ekshenga oid boshqa lavhalar aks etgan.

O‘yinni raqamli formatda oldindan buyurtma qilish mumkin bo‘ladi. Ayrim chakana savdo do‘konlarida esa GTA 6’ning jismoniy nashrlariga ham bron ochilishi kutilmoqda.

Grand Theft Auto VI voqealari muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Vays-Siti shahrida kechadi. Bu safar shahar Mayamidan ilhomlangan zamonaviy megapolis sifatida tasvirlanadi. O‘yinning bosh qahramonlari Jeyson va Lyusiya bo‘ladi. Rockstar Games ta’rifiga ko‘ra, GTA 6 hikoyasi Bonni va Klayd afsonasining zamonaviy talqini sifatida yaratilgan.

GTA 6 so‘nggi yillardagi eng kutilayotgan o‘yinlardan biri bo‘lib, oldindan buyurtmalar boshlanishi loyiha atrofidagi qiziqishni yanada oshirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Rockstar kompaniyasi GTA 6 o‘yini uchun ish o‘rinlari e‘lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek