Samsung Galaxy M47 smartfoni qachon taqdim etiladi

22-iyun 2026 08:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy M47 smartfoni qachon taqdim etiladi
Foto: Sammobile

Samsung kompaniyasi Galaxy M seriyasidagi yangi Samsung Galaxy M47 smartfonini Hindistonda taqdim etishini tasdiqladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Avvalroq Samsung Galaxy M47 ustida ishlayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Keyinroq ushbu model Hindistonda chiqarilishi mumkinligi aytilgan. Endi kompaniyaning rasmiy tizeri bu xabarlarni tasdiqladi.

Samsung hozircha Galaxy M47’ning aniq taqdimot sanasi, texnik xususiyatlari va narxini oshkor qilmagan. Biroq e’lon qilingan tizer suratida smartfonning tashqi ko‘rinishi qisman namoyish etilgan.

Tasvirga ko‘ra, Galaxy M47 qizil rangda ko‘rinish bergan. Bu rang modelning sotuvga chiqadigan variantlaridan biri bo‘lishi mumkin. Smartfon orqa panelida uchta kamera joylashgan bo‘lib, ular Samsung‘ning so‘nggi modellariga o‘xshash alohida kamera blokida jamlangan. Qurilmaning o‘ng tomonida quvvat tugmasi bor.

Tizerda «Amazon Exclusive» yozuvi ham keltirilgan. Bu Galaxy M47 Hindistonda faqat Amazon platformasi orqali sotilishini anglatadi. Smartfonning «Next Level Monster» shiori esa model kuchli protsessor, katta sig‘imli batareya yoki har ikki imkoniyat bilan jihozlanishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

Kutilishicha, Galaxy M47 ayrim texnik jihatlari bo‘yicha Galaxy A27 bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Biroq Samsung hozircha bu borada rasmiy ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S27 bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek