Holandning dubli Norvegiyaga Senegal ustidan g‘alaba keltirdi

23-iyun 2026 06:59 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Norvegiya va Senegal terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. Uchrashuvda «vikinglar» 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘yinning birinchi bo‘limi asosan teng kurashlar ostida kechdi, biroq tanaffus arafasida norvegiyaliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 43-daqiqada Markus Pedersen o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi taym ancha faol boshlandi. 48-daqiqada Martin Edegorning aniq uzatmasidan so‘ng, Erling Holand oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Senegalliklar bu golga tezda javob qaytarishdi: 53-daqiqada Sadio Manening pasini Ismoila Sarr muvaffaqiyatli yakunladi.

Biroq atigi besh daqiqa o‘tib, Patrik Bergning uzatmasidan so‘ng Holand o‘zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini kiritdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Senegal hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Nikolas Jeksonning uzatmasidan so‘ng Ismalia Sarr dublni rasmiylashtirdi.

Ta’kidlash joizki, Erling Holand bugungi dubli orqali Jahon chempionatidagi gollari sonini 4 taga yetkazib oldi. Iqtidorli hujumchi Norvegiya terma jamoasi libosida shu kungacha o‘tkazgan 52 o‘yinda jami 59 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.

Avvalroq Kursiv nashri Fransiya Iroqni yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek